Savollar

Uy-joy olishda birinchi guruh nogironiga imtiyoz bormi?

Men va xo'jayinim birinchi guruh nogironimiz. Ko'p qavatli uylardan kreditga uy oldik. Narxi 310 million so'm bo'lyapti. Bizlarga qulaylik, imtiyoz yo'qmi?

Rovza
08.02.2020, 14:30
Javoblar 0
Qashqadaryo

O'qituvchi bir yilda 2 marta direktor fondidan rag'bat olishi mumkinmi?

O'qituvchi bir yilda 2 marta direktor fondidan rag'bat olishi mumkinmi?

Kamolxuja
08.02.2020, 14:27
Javoblar 0
Farg'ona

Ikki baravar qilib qaytarilgan qarzning aslini yana talab qilish to'g'rimi?

2017 yili bor odamdan 8 500 000 (sakkiz yarim million) so'm qarz olgandim. Notarius orqali pulni bir yilda qaytarishga shartnoma tuzganmiz. Men bu pulni 2 yildan ortiq vaqt davomida har oy oz-ozdan to'lab, jami 17 000 000 (o'n yetti million) so'm qilib qaytardim. Endi esa u odam "Pulni to'liq qaytar...

USARJON
08.02.2020, 14:25
Javoblar 1
Xorazm

Aliment evaziga nogironlar uyi uchun to'lov undirish mumkinmi? Javob yopilgan

To'rt yoshli qizim uchun sobiq erimdan aliment olaman. Qaynonam yaqinda aliment to'lash jarayonida menga "Bu pullarni qizing 18 yoshga kirganida nogironlar uyi uchun biz sendan undiramiz", dedi. Shunday qilish mumkinmi? Bunday qilmasligi uchun aliment haqidagi arizamni qaytarib olaymi?

Bahora
08.02.2020, 14:15
Javoblar 1
Samarqand

Ҳовлининг кадастрини давлат хизматлари агентлигидан рўйхатдан ўтказиш керакми? Javob yopilgan

Ҳовлининг кадастр ҳужжатлари тайёр. Солиқдан рўйхатдан ўтказилган. Давлат хизматлари агентлигидан рўйхатдан ўтиш керакми?

Фируз
08.02.2020, 14:10
Javoblar 1
Samarqand

Geologiya yo'nalishini bitirib, ichki ishlar sohasida o'qisa bo'ladimi?

Assalomu Alaykum. Men shu yili Geologiya yo'nalishini tugataman. 2-mutaxassislikka ichki ishlar sohasida o'qisam bo'ladimi? (IIV akademiyasi, Milliy gvardiya instituti). O'qish davomiyligi qancha bo'ladi? Yana bir savolim: magistraturada sirtqi usulda o'qisa bo'ladimi?

Sharofxon
08.02.2020, 14:08
Javoblar 0
Qashqadaryo
25 000 so`m savol
narxi

Amakim to'lamagan alimentga men javobgarmanmi?

Amakim 2-3 oy davomida sobiq xotiniga aliment to'lamagan. Sobiq xotini prezident virtual qabulxonasiga 2 million 844 ming so'm undirib berishni so'rab murojaat qilgan. 2 kun oldin ogohlantirish va bugun MIB xodimlari keldi (amakim 20 kun tinmay tunu kun ichadi, uyga 1 so'm ham bermaydi). Amakim mast...

Temur
08.02.2020, 13:53
Javoblar 1
Xorazm

Ажрашиш жараёни қай тарзда бўлади? Javob yopilgan

Хотиним билан ажрашмоқчиман, ўртада 1 нафар фарзандимиз бор. Давлат томонидан бизга қанча жарима чиқарилади ва ажрашиш қай тарзда бӯлади?

Avazbek
12.02.2020, 15:46
Javoblar 1
Farg'ona

Алимент тўлаши керак бўлган одам қандай қилиб четга чиқиши мумкин?

Хотиним билан ажрашмаганман, лекин ота-онаси блан урушиб қолганим учун улар хотинимни олиб кетишган. Ўртада бир ёшли ӯғлим бор. Хотиним ота-онасининг гапига кириб, мени алиментга берган. Лекин у билан муносабатимиз яхши. Ҳозир "Алоҳида яшаб турайлик", деяпти. Амммо менинг бошқа уйим йўқ. Шунинг учун...

Avazbek
10.02.2020, 11:18
Javoblar 1
Farg'ona

Nogiron bolaga qaragan ona qay tartibda pensiyaga chiqadi?

Nogiron bola boqqanligi uchun onaga 50 yoshida pensiyaga chiqish imtiyozi bor ekan. Onam 48 yoshdalar, nogiron ukam 16 yoshga kirganida nogironligi tugatilgan. Endi onam 14 yillk imtiyozdan foydalanib, 50 yoshda pensiyaga chiqa oladimi? Onam ilgari hech qayerda ishlamagan.

Sanatbek
10.02.2020, 11:36
Javoblar 0
Xorazm

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing