Savollar

Qo’shnimning tandirxonasi xalaqit bersa, unga qarshi qanday chora ko'ra olaman? Javob yopilgan

Qo’shnim uyimning orqasida turadi. Oshxonamizning yarmi va omborxonamiz shu qo'shnim bilan chegarada joylashgan. Qo'shnim unga tandirxona qo'shib olgan. Kunora o'tinda olov yoqishadi. Har yoqqanlarida butun uyimizga hidi kiradi. Necha marta aytishimizga qaramasdan buzishmayapti. Nima qilsak bo'ladi?...

Akmaral
10.05.2019, 15:52
Javoblar 1
Toshkent viloyati

Aliment da'vosi uchun sudga berilganda qancha davlat boji undiriladi? Javob yopilgan

Aliment masalasida sudga murojaat qilinganda qancha davlat boji to'lanadi? Qancha muddatda to'lanadi? To'lanmagan taqdirda jabrlanuvchiga (da'vogarga) nisbatan qanday jazo qo'llanadi?

Sharafiddin
10.05.2019, 15:40
Javoblar 1
Qashqadaryo

Alohida xizmat ko'rsatish turini monopoliya qilib olsa bo'ladimi? Javob yopilgan

Men bir xizmat ko'rsatish turini yo'lga qo'ymoqchiman. Qanday qilib shu xizmat ko'rsatish turini monopoliya qilib olsam bo'ladi?

Baxtiyor
09.05.2019, 15:00
Javoblar 1
Toshkent shahri

Davlat raqami bo'lmagan mototsiklni sotib olib, o'z nomimga rasmiylashtirishim mumkinmi? Javob yopilgan

2014-yilda ishlab chiqarilgan "Lifan" rusumli mototsikl bor, ammo davlat raqami yo'q. Shu mototsiklni qanday qilib o'z nomimga rasmiylashtirsam bo'ladi? Mototsikl motori 10 ot kuchiga ega.

Rovshan
09.05.2019, 12:33
Javoblar 1
Toshkent viloyati

Машинани сотиб олган киши уни ўз номига расмийлаштирмаса, нима қилиш керак? Javob yopilgan

Ўзимга тегишли бўлган автомашинамни сотдим, лекин сотиб олган фуқаро келишувга амал қилмай машинани ўз номига расмийлаштиришдан бош тортмоқда. Мен нима қилишим лозим?

Козимжон
09.05.2019, 10:45
Javoblar 1
Namangan

Ҳайдовчининг мастлик ҳолати қандай аниқланади? Javob yopilgan

1-савол. Ҳайдовчи спиртли ичимлик истеъмол қилганлигини аниқлашда стакан синамасидан ҳамда клиник текширувлардан фойдаланиш қонунга хилофми? 2-савол. Юқоридаги усуллардан фойдаланиб мастлик ҳолати аниқланганлиги маълум қилиниб, баённома расмийлаштирилган бўлса, фуқаро ўзи наркология диспансерига б...

руфат
08.05.2019, 23:05
Javoblar 1
Xorazm

Қарздорликни ундириш ҳақидаги суд қарорини МИБ тўлиқ бажармай туриб тугатиши мумкинми?

Қарздордан қарз ундириш учун суд қарори чиқарилган бўлса, Мажбурий ижро бюроси бошлиғи "Қарздор қарзининг қолган қисмини тўлашга имконияти йўқ", деб қарздорлик бўйича суд қарорини тугатиши қонунийми? Илтимос, жавоб берсангиз.

Жонибек
07.05.2019, 18:35
Javoblar 1
Surxondaryo

Ish haqimni qanday yo'l bilan undirishim mumkin? Javob yopilgan

Ish haqimni ololmayapman, nima qilsam boladi?

Muhammad Ali
07.05.2019, 17:08
Javoblar 1
Toshkent viloyati

To'lanmagan ish haqimni qanday undirsam bo'ladi? Javob yopilgan

Men do'konda kassir lavozimida ishlar edim va ishdan ketishga qaror qildim. Boshlig'imni 14-aprel kuni ogohlantirdim hamda 29-aprel kuni ishdan ketdim. Endi boshlig'im oyligimni berishdan bosh tortyapti. Shunga qanday chora ko'rishim haqida maslahat bersangiz?

Ahmad
06.05.2019, 15:16
Javoblar 1
Toshkent shahri

O'zbekistonda rus tilini bilish shartmi? Javob yopilgan

Bozorlarda, do'konlarga kirganimda ko'pincha rus tilida gaplashuvchilar o'zbeklarga nisbatan: "Sizlar rus tilida gaplashishlariningiz kerak, bilishingiz kerak", deb aytadi. Shu to'g'rimi? Lekin bizlar O'zbekistonda yashaymiz, o'zbek xalqimiz, bizda o'zbek tili davlat tili-ku!

Anvarov
05.05.2019, 13:20
Javoblar 1
Toshkent shahri

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

Kelishuv asosida
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing

Preloader