25 000 so`m savol
narxi

салом мен козогистон Мухтор авезов университед сиртки 2 булимда укийман укишимни Узбекистонга кучирмокчиман

салом мен козогистон Мухтор авезов университед сиртки 2 булимда укийман укишимни Узбекистонга кучирмокчиман

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
164     Minnatdorchilik

Assalomu aleykum ha mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashda oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarini) belgilash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
1. ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;
2. oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun o‘qishga kirishda sinov o‘tkaziladigan fanlari tarkibi va ta’lim sohasi hamda o‘qish muddati bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) turdosh deb hisoblanadi. Agar siz o‘qiyotgan soha yuqoridagi mezonlardan biriga mos tushsa, siz o‘qishni ko‘chira olasiz. 

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chish Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz lozim. 

Xususan, siz o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan Hududiy ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim. Ariza berish yilda ikki marta amalga oshiriladi.
Birinchisi – har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar;
Ikkinchisi – har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
Ushbu arizalar mos ravishda har yili 5-avgustdan 30-avgust va 25-yanvardan 15-fevralga qadar koʻrib chiqib hal etiladi.
Bunda mazkur guruhga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
2. talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
3. pasportning nusxasi.
Agar siz o‘qiyotgan OTM O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tmagan bo‘lsa, bu arizangizni rad etilishiga olib keladi.

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing