Masuliyati cheklangan jamiyat Javob yopilgan

Assalomu aleykom Man MCHJ ochmoqchiman xizmat korsatish sohasida. Bunda men faqat qonuniy royhattan otgan hodimlarim uchun soliq tolaymanmi va qyana qanday soliqlar tolashim kerak shu haqida malumot bersangiz Sohan elektr mantiaj

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
66     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum hurmatli mijoz. Siz bu vaziyatda ikki xil yoʻl tutishingiz mumkin.

Birinchi yoʻl. MCHJ oddiy soliq toʻlovchi yuridik shaxs sifatida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov, qoʻshilgan qiymat soliqlarini toʻlaysiz. Bular ichida yagona ijtimoiy toʻlov har bir xodim uchun ish haqining 12foizi miqdorida toʻlanadi. Shuningdek, har bir soliq turi boʻyicha siz soliq organiga hisobotlar taqdim etishingiz lozim.

Ikkinchi yoʻl. Siz MCHJni soliq organiga murojaat qilib yagona soliq toʻlovi toʻlovchisiga oʻtkazishingiz mumkin. Mazkur soliq yalpi tushumning 4foizi miqdorida undiriladi. Bu soliq toʻlasangiz siz faqat shu soliq turi boʻyicha hisobot topshirasiz. Xodimlaringizga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ham ozod boʻlasiz. Sizning faoliyatingiz boʻyicha har ikki holda ham qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlishingiz mumkin.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing