Birovga berilgan pulni qonuniy yo'l bilan qaytarib olish mumkinmi? Javob yopilgan

Assalomu Alaykum. Men Toshkentga ketayotgan taksi haydovchisiga kerakli manzilga olib borib berishi uchun 1 800 000 so'm miqdorida pul berib yuborganman. Lekin u shu pullarni o'z maqsadi yo'lida ishlatib yuborgan, aytilgan odamga olib borib bermagan. Telefon qilsam, "Ana oboraman, mana oboraman", deb aldab yurdi. 3 oy deganda 400 ming so'mini qaytardi. Mana, 6 oy bo'ldi. "Pulimni qachon qaytarib berasiz?" – desam, "Aka, bugun, erta", deb aldab yuribd.i Iltimos, menga maslahat bersangiz: bu pulni qonuniy yo'l bilan olish mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri

Assalomu Alaykum, Sanjar aka.

Pullaringizni qaytarib olish mumkin. Buning uchun fuqarolik ishlari boʻyicha oʻsha taksichining yashash joyi qarashli boʻlgan sudga pul majburiyatini undirish haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin. 

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 189-moddasiga muvofiq arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) da’vogarning talabi;
5) agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
6) da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Shuningdek davlat boji toʻlanganli terisida kvitansiya.
 
Vazirlar Mahkamasining 533-sonli qaroriga koʻra mulkiy tusdagi daʼvolar uchun daʼvoning 4%i miqdorida boj undiriladi. Siz ushbu bojni toʻlab daʼvo arizasi yozayotganda sud harajatlarini javobgardan undirishni soʻrashingiz mumkin. Bunday holatlarda sud hal qiluv qarori chiqarganda sud harajatlarini javobgardan sizning foydangizga undirishi mumkin.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing