Фукаровий давогар хакида

Ассаламу алейкум! Бошланган янги хафта хайрли булсин! 1) Судда корхона номидан катнашган «Фукаровий давогар» кандай хукук ва мажбуриятларга эга булади? Улар ким томонидан тайинланади? Умуман корхона Фукаровий давогари кайси конун ёки кодекс асосида фаолият олиб боради? 2) Фукаровий давогар уз давосини кандай беради, яъни масалан корхонада текширув натижасида моддий камомад аникланди, лекин корхона текширув булиб утгунча бу камомаддан бехабар эди. Текширув натижаси буйича аникланган камомадга даво кила оладими? 3) Шу Фукаровий давогар давоси асосида суд булиб, Судда жазо тайинланган ва жазо уталган. Кейин кассация асосида суд хукми бекор килинган. Нохак уталган жазо учун Фукаровий давогарни хам моддий ва маънавий жавобгарликка тортиш учун судга берса буладими?

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
66     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Fuqaroviy daʼvogar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksida normalar belgilangan. 

Mazkur kodeks 276-moddasiga muvofiq jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida o‘zini mulkiy ziyon ko‘rgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir.

Shuningdek, 275-moddaga koʻra bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’volar jinoyat protsessida ko‘riladi. Bunday vaziyatlarda fuqaviy da’voning sudlovga tegishliligi bu da’vo qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.

Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish uchun surishtirivchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. 

Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar sudga fuqaviy daʼvogar sifatida chaqiriladi. Sud jarayonida ular oʻzlariga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash haqida oʻz vajlarini bayon etishlari mumkin.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing