Malaka toifasi haqida

Assalomu alaykum xurmatli huquqshunos! Mani savolim quyidagicha: Men kasb hunar kollejida 2016 -yil aprel oyida informatika fanidan Katta o'qituvchi malaka toifasiga ega boldim. Kasb hunar kollejlari tugatilishi munosabati bilan 2019 -yildan maktabda o'z faoliyatimni davom ettirayapman, lekin menga mutaxassis toifasi bo'yicha xaq to'lanyapti. Mening malaka toifam necha yilga amal qiladi? Amaldagi qonun bo'yicha qanday bo'lishi kerak?

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
66     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 392-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan.

Ushbu nizomning 6-bandiga muvofiq attestatsiyadan belgilangan muddatda malaka oshirish kursini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan:
a)  maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli;
b) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli;
d) kasb-hunar ta’limi muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari) o‘tkazilishi shart.

Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan so‘ng, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi.

Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiya muddatini bir oy oldin e’lon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

Xulosa qilib aytganda, siz attestatsiyadan oʻtishingiz lozim.

Shuhratjon
Namangan


Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing