O'girlik

O'g'irlik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan sud jarayonida yarashuv bo'lsa o'g'irlik qilgan shaxs sudlangan hisoblanadimi

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
66     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Bu savolga quyidagicha javob beramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66.1-moddasida yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish haqida norma belgilangan. Unga koʻra JK169-moddasi(oʻgʻirlik) birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz aybini tan olsa, yarasha va jabrlanuvchiga yetkazilgan zararlarni toʻliq qoplasa javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 84-moddasiga koʻra jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda sud ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishini tugatishi mumkin.

Mazkur kodeks 585-moddasiga koʻra sud bu ishni koʻrishda quyidagilarga eʼtibor beradi:

- yarashuvning ixtiyoriyligi va sabablari;

- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining oʻz aybiga ixtiyoriy iqror boʻlishi;

- jabrlanuvchiga biror bir tazyiq oʻtkazilmaganligi;

- yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganligi.

Agarda yuroridagi masalalar sud tomonidan hal etilsa, sud yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqarishi mumkin.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing