15 000 so`m savol
narxi

Shu to`g`rimi ? Shunga oydinlik kiritishingizni so`rayman? Javob yopilgan

Mening mutaxassisligim rasm chizmachilik fani o`qituvchisi. Men 2019 yil noyabr oyida malaka oshirish kursida o`qishimning muddati yetib kelgan edi. Malaka oshirish kursida rasm chizmachilik fanidan noyabr dekabr oylarida o`qish kurslari bo`lmasligini rejada yo`qligini aytishdi. 2020 yil yanvar oyida o`qish bo`lishini aytishdi. Lekin maktabimiz zavuchining aytishicha mening malaka oshirish kursida 2 oylik muddatim o`tib qolganligi sabab oylik maoshimdan ustamaga haq to`lovini undirib olishni va ustamaga haq to`lashni bekor qilishini aytib o`tdi. Shu to`g`rimi ? Shunga oydinlik kiritishingizni so`rayman?

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
66     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Savolingizga quyidagicha javob beramiz. “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida’' Nizomning pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi.

Sertifikatning amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi. Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatda ko‘rsatilgan malaka toifasi yoki lavozimi bo‘yicha jalb qilinadi.

Shuningdek, “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomda xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi.

Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi. Xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.

Xalq ta’limi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
a) xodimning lavozimiga;
b) xodimning malaka toifasiga;
c) xalq ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.

Xulosa qilib aytganda, sertifikatingizning amal qilish muddati tugaganligi tufayli ish haqingizga qoʻshimcha ustama va toifalar belgilanmaydi.

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing