25 000 so`m savol
narxi

Ajrashmasdan yangi turmush qurish mumkinmi?

2019-yil 10-aprelda nikohdan ajrashish masalasida sud jarayoni bo'ldi. Bizga sud tomonidan yarashish uchun 6 oy muhlat berildi. Hali sud ajratish to'g'risida qaror chiqarmasdan turib, 2019-yil avgust oyida erim yangi turmush qurdi. Bu qonunga xilofmi?

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
34     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 16-moddasida nikoh tuzishga monelik qiluvchi holatlar belgilangan boʻlib, ularning dastlabkisi nikohlanuvchilardan birining roʻyxatdan oʻtgan boshqa nikohining mavjud boʻlishidir. Yaʼni er yoki xotin boshqa nikohda turgan holatda ikkinchi marta nikohlanishi taqiqlanadi. Sizning vaziyatingizda turmush oʻrtogʻingiz siz bilan tuzilgan nikohni qonuniy bekor qilmay turib ikkinchi marta nikohdan oʻta olmaydi. Bizningcha bu holatda turmush oʻrtogʻingiz shariy nikohdan oʻtib olgan boʻlishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, nikohni oʻqigan imomga(domlaga) nisbatan javobgarlik belgilangan.

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing