Oliy ta'limga ishga kirmoqchi edim!

Men Andijon shahridan murajaat qilyapman. Hozirda ikkita diplomim bo'la turib ishsizman. 2018-yili magistraturani tamomladim va bir yil davomida maktabda ishladim. Bu yil maktabdan o'z xohishimga ko'ra bo'shadim. Sababi oliy ta'limda ishlamoqchi edim. Afsuski, u yerdagilar ham ish yo'q deyishmoqda. Bunday holatda men nima qilman?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum! O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko'ra ishga qabul qilishni asossiz rad qilish mumkin emas. Ya'ni xodim ma'lumoti, malakasi va boshqa talablarga jabob beradigan ish o'rni bo'lganda albatta ishga qabul qilinishi kerak. 

Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko'ra, Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanadi:
- ushbu Kodeks 6-moddasining birinchi qismi talablarining buzilishi;
- ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
- ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;
- muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar. Mana shundan boshqa hollarda ishga qabul qilish rad etilishi mumkin emas. 

Siz OTMdan ana shunday javobni olishingiz va asosli ekanligini tekshirishingiz kerak. Shunga ko'ra shikoyat qilishingiz mumkin.

Agar rad etilgan taqdirda xodimning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart. Demak, murojaat qilgan OTM sizga rad etilganligi haqida asosli javob berishi kerak. Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilishiga to‘siq bo‘lmaydi.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing