2 ta ta'lim muassasasida o'qishim mumkinmi?

Assalomu alaykum! Men 2018-yil noyarb oyida pedagogika kollejiga 2 o'rta ta'lim kontrakt asosida o'qishga qabul qilinganman, darslar tushdan keyin olib boriladi, 2019-yil iyul oyida diplomimni qaytarish sharti bilan ariza yozib olib, oliy ta'limga o'qishga topshirdim va oliy ta'limga o'qishga qabul qilindim. Endi pedagogika kolleji ma'muriyati oliy ta'limga o'qishga qabul qilingan bo'lsangiz, bu kollejda ham o'qish huquqiga ega emassiz, siz bilan shartnomani bekor qilamiz deyishyapti. Men kollejning kontrakt summalarini to'lab bo'lganman, kollejda o'qish 1 yilu 8 oy, shundan 8 oyi amaliyot, deyarli 1 yilini o'qib hozir amaliyot davriga yetib keldim, shunday bo'lsada mumkun emas deyishyapti. O'qish tushlik vaqtidan keyin olib boriladi . Mening 2 ta ta'lim muassasasida o'qishga huquqim bormi-yo'qmi? Yo'q bo'lsa, qaysi hujjat asosida?

Javoblar

Rahimov Akromjon
Qashqadaryo

Assalomu alaykum! Agar ikki ta'lim muassasasining dars va boshqa mashg'ulotlar davri bir-biriga parallel kelib qolmasa, ikki ta'lim muassasasida ta'lim olishingizda huquqiy to'siq yo'q. Ammo buning imkoni kamdan kam hollarda bo'ladi, ikki ta'lim muassasasining dars va boshqa mashg'ulotlar davri bir-biriga parallel kelishi ehtimoli katta.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing