Onam butun uyni menga rasmiylashtirib berishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Yashayotgan uyimiz oyimning nomida. Oyim menga uyni rasmiylashtirib bermoqchi. Uyda ro'yxatda mendan boshqa yana akalarim ham bor. Ular uyga egalik huquqiga egami?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum! Sizning savolingizga mavjud ma'limotlar asosida javob beramiz. Bizning nazarimizda uy otangiz hamda onangizning nikohida davrida ortirilgan va ularning umumiy mulki hisoblanadi. 

Onangiz uyni sizning nomingizga avvalo o'ziga tegishli bo'lgan qisminigina rasmiylashtirib berishi mumkin. Chunki uyning yarmi otangizning ulushi bo'lganligi sababli onangiz yarmini erkin tasarruf qila oladi. Otangizga tegishli bo'lgan qismini esa otangiz erkin tasarruf qila oladi.

Otangiz va qolgan farzandlar ham notariusda o'z rozilik arizalari orqali sizning nomingizga voz kechishsa, bunda siz uyning barchasini rasmiylashtirib olishingiz mumkin.

Agar siz quyidagilarga aniqlik kiritib bersangiz, biz yanada aniqroq javob beramiz:

- uy qachon, kim tomonidan, qanday asoslarda olingan?

- otangiz hayotmi?

oilada qancha farzand?

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing