15 000 so`m savol
narxi

O'qishni hozir ko'chirishim mumkinmi?

Men turmush o'rtog'imning o'qishini Samarqand davlat tibbiyot institutidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko'chirmoqchi edim. O'qishni ko'chirish bo'yicha ariza yozish vaqti ya'ni 5 avgustgacha bizning Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomamiz tayyor bo'lmasdan qoldi. O'zimda ham o'qish joyimdan ma'lumotnoma yo'q edi, chunki bu yil 2019-yilda o'qishni bakalavriat bo'yicha tamomlab hali magistraturaga kirishga ulgurmagan edim. Hozir 1-kurs magistrman, Nikoh guvohnomasi ham qo'limda. Men turmush o'rtog'imning o'qishini hozir ko'chira olamanmi?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

Assalomu laykum! Qonunchilikka ko'ra hozirda amalda buning imkoni yo'q. Chunki Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOMning 15-bandiga ko'ra, o'qishni ko'chirish to'g'risdagi arizalar kuzgi semestr uchun 15-iyuldan 5-avgustgacha, bahorgi semestr uchun 20-dekabrdan 20-yanvargacha qabul qilinadi. Nizomda istisno holatlar nazarda tutilmagan. 

Shu sababli ham endilikda siz eng yaqin muddatda shu yilning 20 dekabrida ariza topshirib, ikkinchi, ya'ni bahorgi semetrdan o'qishni ko'chirishingiz mumkin bo'ladi. 

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing