Ta'lim kreditini qanday va qayerdan olishim mumkin?

Assalamu aleykum, Men Toshkent shahridagi AMITI universititetiga talaba bo'lib qabul qilindim. Kontrakt to'lash uchun banklarga murojaat qildim. Hammasi sektor orqali boshqa bankdan kredit olishimni aytishdi, ya'ni Agrobankdan. Agrobankka borganimda ular menga kredit bera olmasligini aytishdi va buning sababi sifatida AMITI universititeti O'zbekistonning mahalliy oligohi emas ekanligini ko'rsatishdi. Shu to'g'rimi? Qanday kredit olsam bo'ladi? Sizdan iltimos, Bankdan ta'lim kreditini olishimda huququy yordam bering.

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
41     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:

Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Mazkur Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha:
1.chin etimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
2.talabalarning qolgan toifalariga — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan o‘zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.

Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.

Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.

Ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasida o‘qishning ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng, ayrim kurslarda takroran o‘qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o‘tgandan so‘ng boshlanadi.
Talaba muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda ta’lim kreditlari uchun foiz stavkalari hisoblanmaydi.

Ta’lim kreditlari, qoidaga ko‘ra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. O‘qish uchun to‘lov miqdori keyingi yillarda o‘zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta’lim muassasasi o‘n kun muddatda bankka yozma ravishda ma’lum qiladi, so‘ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta’lim muassasi o‘rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi;
v) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma:
g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;
d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin etimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

Imomniyozov
Doniyor
Toshkent shahri
41     Minnatdorchilik

Yuqoridagi nizomda chet el oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun alohida qoida belgilanmagan. Bu esa nizomning siz oʻqiyotgan universitetga ham tatbiq etilishi mumkin. Siz tumandagi tijorat banklaridan taʼlim krediti olishingiz mumkin 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing