Oliy ta'lim talabasi ishlashi mumkinmi?

Oliy talim muassasalarida kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabasi davlat ishida asosiy tarzda ishlashga huquqi bormi?

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
1     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum. Ha albatta ishlashingiz mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qoidalariga muvofiq talabaning ishlashiga hech qanday cheklov qoʻyilmagan. Faqat ish oʻqishdan boʻsh vaqtda boʻlishi nazarda tutilgan. Yaʼni taʼlim olish birinchi darajali hisoblanadi. Shuningdek, bunday talabalarga bir qancha imtiyozlar ham belgilangan. Misol uchun, mehnat taʼtilini oʻz xohishiga koʻra yozgi yoki qishki kanikul paytida olishi mumkin. Ikkinchidan, bunday xodimga nisbatan ish beruvchi toʻliqsiz mehnat kuni yoki toʻliqsiz mehnat haftasi berishi lozim. Uchinchidan, sessiyalar paytida bu xodim qisqartirilgan ish kunidan foydalanishi mumkin

Imomniyozov
Doniyor
Toshkent shahri
1     Minnatdorchilik

Mehnat kodeksining 255-moddasiga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o‘n o‘quv oyi davomida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo‘lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o‘zgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi.


256-moddasiga koʻra Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida o‘ttiz kalendar kun; uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o‘ttiz kalendar kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga to‘rt oy, o‘rta maxsus o‘quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining oxirgi kurslarida o‘qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to‘plash uchun o‘ttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Mazkur ta’til davrida talabalar va o‘quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
Xudaybergan
Xorazm

asosiyxolda ishlasam oyligimni 100% olishga xaqlimanmi

Imomniyozov
Doniyor
Toshkent shahri
1     Minnatdorchilik

Albatta oylik maoshingizni toʻliq olasiz. Bunda doimiy ishlovchi xodimlar bilan teng huquqlisiz

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing