Buyruqni o'zgartirish mumkinmi?

Men ishdan MKning 100-modda 2-qism 1-bandiga asosan ishdan bo’shatildim. Hozirda kadrlar bo'limi ana shu buyrug’imni xatolik tufayli o’zgartirish uchun so’ramoqda. Ular buyruqni meni roziligimsiz o’zgartirishga haqlimi?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum! Albatta rasmiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish tartibi ham rasmiy bo'ladi.
Ammo sizning holatingizda nozir nimani o'zgartirmoqchi, nima sababdan sizdan buyruqni olmoqchi? Hozir yozilgan band aslida to'g'rimi? Mana shu masalalarga oydinlik kiritib berishingizni iltimos qilamiz.

Sherzod
Xorazm

Meni dastlab MK ning 100-moddasi 2-qism 2-bandiga asosan ogohlatirishdi. Keyin MK ning 100-modda 2-qism 1-bandiga asosan ogohlantirib shu asosida ishdan bo’shatildim va 102-moddaning 1-qismi 1-bandiga asosan ikki oylik ogohlantirish muddati o’rniga men pullik kompensatsiya to’lab berishi to’g’risida ariza yozdim. Ularning o’zgartirmoqchi bo’lgan narsasi bo’shatilish to’g’risidagi moddalar. Sababi bizda shtat qisqargani yo’q. Meni o’rnimga boshqa odam ishga olindi.Muassasamizda noqonuniy tanlov o’tkazilib tanlovdan o’tolmaganimni qonuniy asoslay olmay shunday qilib turishibdi.

Mirzayev
Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum! O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasining ikkinchi qismining 1-bandida ish beruvchi o'z tashabbusiga ko'ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʼzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʼzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligini asos qilib mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Mehnat kodeksining 100-moddasining ikkinchi qismining 2-bandida ish beruvchi o'z tashabbusiga ko'ra, xodimning malakasi yetarli boʼlmaganligi yoki sogʼligʼi holatiga koʼra bajarayotgan ishiga noloyiq boʼlib qolishini asos qilib mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Agar Siz bilan mehnat shartnomasi amalda hech qanday asossiz, ammo rasman 1- yoki 2-band bilan bekor qilingan bo'lsa, bu qonunchilikka zid bo'lib qoladi.

Buyruqni o'zgartirishlari mumkin emas. Siz bunga rozi bo'lmang, buyruq nusxasiga imzo qo'ymang!

Sherzod
Xorazm

Bergan yordamingiz uchun katta raxmat.


Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing