Vasiylik va homiylik to'g'risida

Er-xotin ajrashgan. Eri boshqa bilan turmush qurgan va xotin erga chiqqan. Birinchi turmushdan qizi bor. Qiz ayolning ota-onasining tarbiyasida. Shu qizni vasiylik yoki homiylikka olish shartmi?

Javoblar

Файзуллаев Мухриддинхон
Toshkent shahri

Ushbu savolga javob berishdan oldin vasiylik va homiylik tushunchalarga to’xtalib o’tsak, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 173-moddasiga muvofiq, Vasiylik o’n to’rt yoshga to’lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog’lig’ining holatiga ko’ra mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o’z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko’ra homiylik belgilanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to’g’risida” Qonuni 20-moddasiga muvofiq, Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo’lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo’lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi. Bunda vasiylik va Homiylik belgilanishi to’g’risida ariza bilan tumani Hokimligiga murojaat qilinadi.
26-moddaga binoan Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko’ra o’zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o’zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to’g’risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko’rsatiladi.
Xulosa qilib aytganda farzand bilan birga yashamayotgan ota-ona tomonidan shuningdek, ayolning ota-onasi tomonidan tuman Hokimliga ariza bilan murojaat qilib, bolani vasiylikka olish shart!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing