15 000 so`m savol
narxi

O'qishga kirishda yetimlik uchun imtiyoz beriladimi?

Yoshim 19 da. 2 yoshimda otam vafot etdi. 15 yoshimda onam vafot etdi. Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetiga test topshirib 90 ball oldim. Yetim bo'lganim uchun menga imtiyoz beriladimi?

Javoblar

Ziyoyev Hamidulla
Toshkent shahri
3     Minnatdorchilik

Aydos, savolingiz uchun rahmat.

O'zbekiston qonunchiligida yetim va chin yetim shaxslar uchun ma'lum imtiyozlar bor. Ammo bu imtiyozlar sizga nisbatan tadbiq qilinishi savol ostida. 

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga  ilova - "Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 25-bandida davlat ta'minotidagi yetim bolalar kontarkt balini to'plagan bo'lsa, grant asosida qabul qilinishi belgilangan. 

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar (hujjat topshirgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan oʻtish ballini toʻplagan boʻlsa) va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchilar qabuli alohida davlat granti ajratilib Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Endi esa ushbu qoida sizga nisabatan tadbiq qilinish yoki qilinmasligini ko'rib chiqamiz. Ushbu nizomdagi yetim bolalar deganda kimlar nazarda tutilgan? Shu hujjatning 12-bandida bunga javob berilgan:

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar toifasiga “Mehribonlik uylari”da yashab taʼlim olgan, 18 yoshga toʻlmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar kiradi.

Ushbu kategoriyaga mansub bo'lsa nima qilish kerak? Qayerga murojaat qilish kerak:

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogironlar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar. - Ya'ni siz ushbu ma'lumotlarni hujjat topshirish jarayonida anketada ko'rsatishingiz va tegishli ma'lumotnoma ilova qilishingiz kerak edi. 

Abituriyent arizasida “oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman” grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, yetim, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yoʻq) qayd etiladi.

Bundan tashqari - agar yuqoridagi imtiyoz sizga tegishli bo'lmasa, tijorat banklari yetim va chin yetimlar uchun imtiyozlari ta'lim kreditlarini taqdim etadi. Ammo bu boshqa savol mavzusi. 

Qonunchilikda nazarda tutilgan yetim va chin yetimlar uchun OTMga qabul qilishga oid bo'lgan boshqa imtiyozlar menga ma'lum emas. 

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing