25 000 so`m savol
narxi

Farzandni ota tarbiyasiga olish huquqi va DNK test

Xotinim bilan shar'iy nikohni bekor qilganman. Homiladorligi sababli FHDYO orqali nikohni bekor qilish uchun ariza berishga huquqim yo'qligini bildim. Sobiq xotinim tug'ib, aliment to'lashim uchun ariza bersa, DNK test orqali farzand meniki ekanligini isbotlab berishini talab qilishga haqqim bormi? Va DNK testni kim amalga oshirishi kerak? DNK test pullikmi yoki bepul? Va pullik bo'lsa necha pul? Farzand meniki ekanligini isbotlab berishini talab qilishim uchun asosim bor. Sobiq xotinim homilador bo'lish paytida, undan oldin va undan keyin, jami 7 oy davomida boshqa erkak bilan gaplashib yurgan. Qo'limda qo'ng'iroqlar detalizatsiyasi, u erkak sobiq xotinim bilan gaplashib yurganini rad etmagan videoyozuvi, sobiq xotinimning onasi ham qizini (sobiq xotimni) u erkak bilan gaplashib yurganini tan olgan videoyozuvlari bor. DNK test farzand mendan ekanligini tasdiqlasa, sobiq xotinimni qo'limdagi materiallar asosida ahloqiy buzuq deb hisoblab, farzandni o'z tarbiyamga olishga haqqim bormi?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
93     Minnatdorchilik

1. Albatta, DNK uchun huquqingiz bor va buni siz amalga oshirasiz. Chunki shu paytgacha bolaning otasi sifatida kiritilgansiz va buni o'zingiz e'tirof etgansiz. Shu sababli raddiya berish va buning uchun harakat qilish ham siz tarafingizdan bo'ladi! Agar bu haqda sud ajrim chiqarib bersa, belgilangan summaning yarmini to'laysiz. Ya'ni masalan o'z arizangiz asosida o'tkazilsa, 2 million so'm to'lasangiz, sud ajrimiga ko'ra bo'lsa, 1 million so'm to'laysiz.

2. Agar yuqoridagi holatlar rost bo'lsa va Sud lozim topsa, HA, Siz farzandingizni otasida, ya'ni o'zingizda olib qolishingiz mumkin. Oila kodeksning 71-moddasiga asosan er-xotin teng huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikаsi Oliy sudi Plenumining “Bolаlаr tаrbiyasi bilаn bogʼliq boʼlgаn nizolаrni hаl qilishdа sudlаr tomonidаn qonunlаrni qoʼllаsh аmаliyoti toʼgʼrisidа”gi qarori 3-badida ham sizning vajlarinigzga o'xshah qoidalar belgilangan. Ya'ni: "Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar oʼrtasida boʼlgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi toʼgʼrisidagi nizolarni hal etishda Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining oʼzi bolani unga olib berish uchun asos boʼla oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bogʼlanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan koʼproq gʼamxoʼrlik va eʼtibor koʼrsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga koʼngil qoʼyganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola oʼrtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining maʼlumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini eʼtiborga oladi." Mazkur qoidalardan to'q qilib belgilanganlari siz uchun asos bo'lishi mumkin.

Ali
Namangan

ДНК-таҳлилнинг белгиланган нархини қаердан билсам бўл

Ali
Namangan

ДНК-таҳлил нархи ҳақида маълумот беринг! 


Mirzayev
Islomjon
Toshkent shahri
93     Minnatdorchilik


Mirzayev
Islomjon
Toshkent shahri
93     Minnatdorchilik

DNKning narxi aynan bir normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanmagan. Shu sababli buni ekspertizaning o'zidan aniqlash kerak bo'ladi. Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga murojaat qiling!

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing