Nikohsiz birga yashah mumkinmi? Javob yopilgan

Benikoh bir uyda birga yashab yurish mumkinmi? Buning uchun jinoiy javobgarlik yo'qmi?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
93     Minnatdorchilik

Demokratik qonunlar shunday huquqlar beradiki, hatto begona ayol bilan ham birga yurish va birga yashash mumkin. Faqat u 18 yoshga to'lgan va siz bilan yurishga rozi bo'lgan bo'lsa. Biroq masalaning yana bir tomoni bor. Jinoyat qonunchiligida shunday norma nazarda tutilgan, unga ko'ra, ko'p xotinli bo'lish, ya'ni umumiy ro'zg'or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo'lib yashash (Jinoyat kodeksi 126-modda) jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Benikoh yoki nikoh bilan yashashni, ya'ni sha'riy nikohsiz yoki nikohli yashashni qonun tartibga solmaydi. Qonun nikoh guvohnomasi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Shunday bo'lsada, nikoh guvohnomasi bo'lmasa, sha'riy nikoh o'qish va o'qitishga ma'muriy javobgarlik belgilangan qonunchilikda. O'z holatingizni mana shu qoidalarga qo'yib ko'rib xulosa chiqarib olishingiz mumkin!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing