25 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

e-ijro ауксионда кўчмас мулк сотиб олдим, аммо менга беришмаяпти!

E-ijro ауксионда кўчмас мулк сотиб олдим. Бунга 2 ой бўлди, лекин олдинги эгаси уни бўшатиб бермади. Прокрорга, ижрога мурожаат қилсам, судга мурожаат килинг дейди. Судга мурожаат қилсам давлат божи тўла дейди. Давлат божи тўласам, ўша эгасининг паспорт бўйича исми, яшаш жойини топиб кел деяпти. Мен борсам жанжал чиқади уникига. Нима қилсам бўлади? Қонунда қандай тартиб белгиланган бундай ауксионларга нисбатан?

Savolga qo`shimcha:

мен саволимга качон жавоб оламан 

14.08.2019, 14:58

Savolga qo`shimcha:

24 соат деб 9 кун булди жавоб ололмаяпман 

15.08.2019, 20:15

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
5     Minnatdorchilik


Assalomu alaykum. Siz mazkur holatda Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga uydan koʻchirish haqida daʼvo arizasi kirishingiz kerak. Daʼvo arizasida javobgarning ism familiyasi va uning joylashgan joyi mavjud boʻlishi hamda davlat boji (mulkiy tusda boʻlmagan daʼvolar uchun eng kam oylik ish haqining 2baravari miqdorida) toʻlanganligi haqida maʼlumotlar boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISHDA MOL-MULKNI oREALIZATSIYA QILISH TARTIB-TAOMILLARINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi PQ 3149-sonli Qaroriga asosan sizga berilgan bayonnomada mol-mulk joylashgan joy haqida maʼlumotlar mavjud boʻladi. Shundan siz maʼlumot olishingiz mumkin. Bundan tashqari sudga beriladigan daʼvo arizasida javobgarning pasport boʻyicha maʼlumotlari yozilishi shartmas. Uning ism familiyasi va joylashgan joyini yozsangiz yetarli. Yuqoridagi qarorning 7 bobida Hisob-kitob qilish va auksion obyektiga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Unga koʻra auksion gʻolibi sifatida sizga bayonnoma beriladi. Ushbu bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, siz mazkur bayonnomani daʼvo arizasi(uydan koʻchirish haqida)ga ilova qilishingiz mumkin. Sud hal qiluv qarori chiqargandan soʻng uning ijrosini tuman Majburiy ijro buyrosi taʼminlaydi. Agarda sud sizdan javobgarning pasport maʼlumotlari yoʻqligi tufayli daʼvo arizangizni qabul qilishni rad qilgan boʻlsa, bu haqida ajrim chiqargan boʻlsa, ushbu ajrim ustidan yuqori turuvchi sudga yaʼni, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudiga murojaat qilishingiz mumkin

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing