Dadam uy-joyni boshqalarga berib yuborishi mumkinmi? Javob yopilgan

Oilada anchadan beri dadam bilan kelishmaymiz, dadam sobiq harbiy bo'lgan. Hozirda nafaqada, shaharda harbiylarga berilgan uyimiz bor. Barchamiz aslida tumanda hovlida yashaymiz (bu yerda katta opamdan boshqa hech kim propiskada emas). Onam, men, singlim, dadam hammamiz shaharda propiskada turamiz. Men o'qib yurgan davrlarimda ( shahardagi uyda ijarachi turardi ), u yerni remont qilib o'zim 2 oylarcha turdim. Keyin dadam borib turib oldi. Hozirda u yerda boshqa begona ayol bilan yashaydi (nikohsiz ). Bizlar hovlini katta opamning nomiga o'tkazib (ajrashgan, 2 nafar farzandi bor) onam, singlim - uchalamiz 2 xonali xonadonga almashtirib ber desak, ko'nmayapti, shikoyat qilamiz desak, hovlini bolalar uyiga o'tkazib yuboraman, kvartirani davlat hisobiga topshirib yuboraman, deb po'pisa qilyabti. Shu vaziyatta qanday yo'l tutsak bo'ladi? Singlim ham ajrashgan, 1 nafar farzandi bor. Hovlini bolalar uyiga o'tkazib yuborishi, kvartirani davlatga topshirib yuborishi mumkinmi?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
61     Minnatdorchilik

Agar hovli ham, shahrdagi kvartira ham otangizning nomida bo'lsa, demak uni tasarruf qilish ham uning huquqi. Ammo mazkur mulklar onangiz bilan nikoh davomida qo'lga kiritilgan va o'rtalaridagi umimiy mulk bo'lsa, unda mazkur mulkni tasarruf qilish uchun, masalan, Siz aytganday, bolalar uyiga berib yuborishi uchun onangizning ham roziligi talab qilnadi. Shuningdek, agar ularni Sizlarga emas begonaga meros qilib bermoqchi bo'lsa, bunda faqat o'zining ulushinigina meros qilib qoldiradi, chunki uning yarmi onangizning ham mulki hisoblanadi.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing