Uyga qasddan bostirib kirish Javob yopilgan

Savolim shuki oy boshida dadam kuchada ketyotgan payt qaynonam qizingni yigishtirib ol deb qulidagi bakalashka suvi bn dadamga otvorgan dadamni boshiga tekkan dadam uzlarini ximoya qilaman deb ayolni nuqib yuborganlar qaynonam esa ugliga qaynotang meni doposladi deb aytgan shu kuni erim uyimga bostirib kirib dadamga qul kutardi onamni oyogini bosvolganmi xullas onamni oyoq barmoqlari singan bizni ekpertizaga junatdi lekin singan emas lat yegan deb yozib beribdi. Erim oldin sudlangan shunga endi qamalishim mumkin dedi qanday jazo qullaydi ishimiz sudgacha borsa. Men xodisa yuz bergan yerda surishtirdim dadam qul kutarib mushtlashmagan lekin nuqib yuborgan ayol yiqilmagan xushini yoqotmagan lekin tanasida tan jaroxat bor ekan miyasi chayqalgan emish

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
61     Minnatdorchilik

Dadangizning ayolni urganlgi to'g'risida: agar ayol engil tan jarohati olgan bo'lsa, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 52-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik kelib chiqishi mumkin. Agar tan jarohati o'rtacha yoki og'ir bo'lsa Jinoyat kodeksining 105 va 104-moddalari bilan javobgarlik kelib chiqadi. Buning uchun albatta jarohatning og'irlik darajasini aliqlagan ekspertiza xulosasi kerak bo'ladi. Bundan tashqari, jamoat joyida janjal ko'tarilganligi uchun tegishli tartibda dadangiz va ayolga nisbatan ma'muriy bezorilik bilan ma'muriy javobgarlik kelib chiqadi. Turmush o'rtog'ingizning holati bo'yicha: xuddi yuqoridagi javob bu holatga ham tushadi. Shuni nazarda tutish kerakki, buning tegishli faktlar va xulosalar kerak. Ularni esa mas'ul shaxslar aniqlaydi.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing