35 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Mamlakatimizdagi xorijiy OTM va milliy OTM lardagi talabalar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy Oliy ta’lim muassasalari va milliy OTM larda tashkil etilgan xorijiy OTMlar bilan qo‘shma fakultetlarda ta’lim olayotgan talabalar uchun qanday imtiyozlar (imtiyozli kreditlar, ularning shartnoma mablag‘larini to‘lab berayotgan ota-onalarning oylik maoshlari uchun soliq imtiyozlari) mavjud?

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq Kodeksimizning 378-moddasiga asosan jisomoniy shaxslarning soliq solinmaydiga daromadlari belgilangan. Mazkur normaga ko'ra,  O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov soliq to'lovchining soliq solinishi lozim bo'lgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqdan ozod qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga ILOVA Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida nizomi qabul qilingan. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
 
Mazkur Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha: Chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasli (foizsiz kredit) imtiyozli kredit taqdim etilishi belgilangan.
 
Qayd etish joizki, soliq va ta'lim kreditidagi imtiyozlar O'zbeksitondagi xorijiy OTMlar va ularning filallar, shuningdek, nodavlat OTMlarga nisbatan ta'tbiq etilmaydi.
 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing