Moddiy yordam

Assalomu alaykum 1978 yilda tugilganman. Tugma 1 guruh nogironiman 2ta oyigim sababli. Ota ona qaromogida edim 2yil oldin otamdan yaqinda onamdan ajraldim. O'zim tikuvchilik b.n shugullanaman. Davlat tomonidan ijtimoiy nafaqadan tashqari hech qanday yordam berishmagan. Endi boquvchim yoq qanday yordamlar olsam boladi

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom

Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonunining 19-moddasi hamda Mehnat Kodkesining 291-moddasiga asosan Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasisi olishingiz mumkin deb hisoblaymiz. 

Buning uchun tuman pensiya bo'limiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  1. Pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;
  2. Oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, u bo‘lmagan taqdirda — fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan ko‘chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
  3. Boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori;
  4. Vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  5. Vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
  6. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan KEKSALAR VA NOGIRONLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASHNI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA qarorini o'qib ko'rish orqali oziq-ovqatga doir imtiyozlarni bilib olishingiz mumkin.

 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing