30 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Accaломуалейкум. Бола пули буйича саволим бориди.

Ман хозир декреттаман 4 июн да тугдим. ишхонада без содержания бола парваришига езиб куйдим давлат ишхонасида ишлаганман. 2 йилгача бола пулини олишим мункинми? кимга мурожжат килишим кере?

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, ushbu nizom fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa (keyingi o‘rinlarda bolali oilalarga nafaqa deb ataladi), bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa (keyingi o‘rinlarda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa deb ataladi) va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda moddiy yordam deb ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega: ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar; ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar; 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar); nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar; bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar).

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Mazkur nizomga ko'ra, bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.

E'tibor bering! Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga beriladi.
 
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
  • Oilaning tarkibi va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish uchun – bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari nusxalari;
  • Asosan yashab turgan joyi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun — doimiy yashash (doimiy propiska) joyi bo‘yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va to‘lanmaganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

Nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.

Mazkur nafaqani olishga quydagi mezon asos qilib olingan:

Har bir oila a'zosiga o'rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 52,7%dan ortiq bo'lmagan oilalarga tayinlanadi.

Oilangizning jami daromadi har bir oila a'zosiga 358 ming so'mdan kam bo'lsagina ushbu nafaqni olishga haqli hisoblanadi. Mazkur mezonga ijtimoiy holatingiz muvofiq kelsa, bola puli olishga haqlisiz deb hisoblaymiz.

Bugungi kunda ikki yoshga to'lgunga qadar uning parvarishi uchun nafaqa miqdori 406 000 so'mni tashkil qiladi.

Oila daromadi quydagicha hisoblanadi: oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.

 Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga:

  1. Bolalarning otasi, onasi yoki nikohdagi har ikki ota-onasi (farzandlikka oluvchilar);
  2. Ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar, shuningdek ota-onalar bilan birgalikda yashaydigan va o‘z oilalariga ega bo‘lmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar);
O‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
  • mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;
  • yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
  • chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolaridan pul tushumlari summasi;
  • pensiyalar va nafaqalar
  • shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad;

Bola parvarish uchun nafaqa olishda yuqorida keltirilgan oila a'zolari tomonidan olinadigan daromadlar hisoblab chiqiladi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, bola parvarish uchun nafaqa olish uchun yashash joyingizdagi mahalla fuqarolar yig'iniga ariza bilan murojaat qilishingiz talab etiladi, arizaga qanday hujjatlar ilova qilinishi yuqorida aytib o'tildi. MFY Oilangizning mulkiy va moddiy ahvolini o'rganib chiqqandan so'ng nafaqa tayinlash yoki tayinlamaslik haqida qaror chiqaradi.

Aslonov Azimjon
Navoiy
0     Minnatdorchilik

Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 234-моддаси, биринчи қисмига мувофиқ, ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугаганидан кейин аёлнинг хоҳишига кўра, унга боласи икки ёшга тўлгунга қадар болани парваришлаш учун таътил берилиб, бу даврда қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда нафақа тўланади.
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги, Молия вазирлигининг 2002 йил 18 февралдаги № 588, 35-сон қарори билан тасдиқланган “Ишловчи оналарга бола икки ёшга тўлгунга қадар бола парвариши бўйича ойлик нафақа тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида”ги Низом (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2002 йил 14 мартда 1113-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган)нинг кириш қисмида мазкур Низом бюджет ташкилотларида ишловчи оналарга татбиқ этилмайди деб белгиланган.
Меҳнат кодекси 153-моддаси, иккинчи қисмига мувофиқ, меҳнат ҳақи шакли ва тизимлари, мукофотлар, қўшимча тўловлар, устамалар, рағбатлантириш тарзидаги тўловлар жамоа шартномаларида, шунингдек иш берувчи томонидан касаба уюшмаси қўмитаси ёки ходимларнинг бошқа вакиллик органи билан келишиб қабул қилинадиган бошқа локал ҳужжатларда белгиланади. Меҳнатга ҳақ, қоида тариқасида, пул шаклида тўланади. Меҳнат ҳақини натура шаклида тўлаш тақиқланади, Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати томонидан белгиланган ҳоллар бундан мустасно.
Шундай экан, ташкилотлар локал ҳужжатлари (жамоа шартномаси)да ишловчи оналарга бола икки ёшга тўлгунга қадар бола парвариши бўйича ойлик нафақа тўлаш назарда тутилмаган бўлса, бюджет ташкилотларида ушбу мабалғни тўлаш кўзда тутилмаган.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing