30 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Автомашина сотиш масаласи

Мен автомашина харид килганимда пропискам Тошкент шахар Шайхонтохур тумани Ибн Сино мавзесида эди. Бугунги кунда пропискам шу туманнинг бошқа худудида. Мен автомашинамни сотмоқчиман. Пропискам ўзгарганлиги муносабати билан автомашинамнинг техпаспортини ўзгартиришим шартми?

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Yo'q, haydovchilik (texpasport)ni o'zgartirish talab etilmaydi.

Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘iga 1-ILOVA Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo'riqnomag ko'ra Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga ko‘ra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp yoki ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.
 
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1)taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini 2)tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi;
3)bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan 4)o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
5)avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
6)transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
7)avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
8)taraflar o‘rtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilganligi;
9)avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
10)bitim necha nusxada tuzilganligi haqidagi ma’lumotlar;
12)avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi 13)bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi.
 
Jismoniy shaxslar o‘rtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1)Mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi)
2)Yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi;
4)Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma.
5)Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxo‘rlarga berilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxo‘rlar yoki ularning vakillari ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.
 
Yuqorida sanab o'tilgan hujjatlar avtomobilni sotish uchun talab etiladi. Sizning yashash manzilingiz o'zgarishi avtomobilga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi ''Texpasport''ni o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. ''Texpasport" qachonki, yaroqsiz holga kelsagina uni almashitirshga majbur bo'lasiz. 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing