25 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Pul oldi berdi

Assalom aleykum akam bir insondan plastik kartasini olib uni ichidagi 4.700.000 ming pulini hamda plastik kartaga 5.000.000 ming onlayn kredit olib jami 9.700.000 ming pullarni uz ehtiyoji yulida ishlatib yuborgan. Plastik egasi ichki ishlar bulimiga ariza bergan. Endi akamga nisbatan qanaqa chora kurilishi mumkun. Javob uchun oldindan raxmat

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom

Yuqoridagi holat Jinoyat Kodeksimizning 167-moddasiga mos tushadi. Mazkur normaga ko'ra, Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish jinoyatning bevosita aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan o'zganing mulk huquqini buzilishiga olib keladigan ijtimoiy munosabtlarni tushunish kerak.  Bundan ko'rinadiki, akangizni qo'liga ishonib topshirilgan plastik karta o'zining shaxsiy manfaatlari yo'lida ishlatishi oqibatida o'zlashtirish yoki rastrata jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilishi mumkin.

Rastratada esa, aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan o'zganing mulkini mulkdor yoki mulkning boshqa egalariga zarar yetkazgan holda agar aybdor talon-taroj hodisasi ya'ni ga'yri qonuniy ravishda o'z foydasiga ishlatib yuborish hisoblanadi.

Shuningdek, Har qanday mulk, shuningdek, qimmatli qog'ozlar ham o'zlashtirsh yoki rastarata yo'li bilan talon-taroj qilish jinoyati predmeti hisoblanadi va aybdor mulkka nisbatan alohida huquqiy munosabatda bo'ladi, ya'ni mulk aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'ladi va vujidga kelgan imkoniyatdan foydalanib uni talon-taroj qilish oqibatida shaxsga nisbatan Jinoyat Kodkesimizning 167-moddasiga muvofiq malakalnishi kerakligi aytib o'tilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasiga muvofiq akangizni malakalashimiz mumin edi. Ammo, Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qaroriga ko'ra talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmasa, Ma'muriy javobagrlik to'g'risidagi Kodkesining 61-moddasiga bilan  kivalifikatsiya qilinishi kerakligi belgilangan. Lekin akangiz tomonidan bundan yuqori miqdordagi pul summasi o'z shaxsiy ehtiyoji yo'lida ishlatilganligi bois JKning 167-moddasi bilan tasniflanishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan normalarga asosalanib xulosa qiladigan bo'lsak, akangiz o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishi natijasida bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima jazo qo'llanilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

 

 

 

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing