15 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Уй жойни солди сотдиси

Ассалому алайкум хурматли юристларю Мени савалим шундан иборатки, мен бир шахсдан каттароқ миқдорда (товар олди берди қилиб) қарз бўлиб қолгандим. Ўша қарзимни узоқроқ муддатда тўлашга келишганимизда мен онам (отам вафот этган) ва 3 укам ва мен яшаб келаётган уй жойни Натарус орқали (укамларни розилиги олмасдан) олди сотди қилиб 18 ой муддатга вақтинчаликка сотиб турган эдик. лекин хақдор инсон келишув бўлган кундан 3 ой ўтмасдан биздан ўйни бўшатиб қўйишлигимизни талаб қила бошлади ва уйни OLX.UZ саитига сотиш элон беришди. 1 ой олдин суд бўлди шу масала устидан лекин судда биз хам давоган хам қатнашмади. Суд эса давогарни фойдасига қарор чиқариб юборибди. Апелация бердик. Сиздардан шуни итимос қилмоқчи эдимки мен бундай вазиятда уй жойимни қандай қилиб ўзимизда сақлаб қолишим мумкин. Қўшимча маълумотлар: 1) Қонун бўйича отам ўтиб кетганидан кейин кадастр(олдин хужжат бўлмага) хужжатини онамни номига расмилаштириш мумкин эмас экан. Лекин қандайдир йўллар билан Хокимни қарор онамни номига чиқарганмиз. 2) Натарус бу уй жойда хеч ким яшамайдими деб туман ИИБ га берган сўровига ИИБ хеч ким яшамайди деб жавоб хати берган, бироқ махалла раиси хўжалик дафтарида 13 киши (онам, мен, 3 укам, 3 келин ва 5 набира ) доимий рўйхатда мавжут бўлиб келган. мени маълумотларим: телефон; +99899-978-33-89 телеграм; +99890-508-28-98 E-mail: mirzohid.tojiboyev9111@gmail.com

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom

Sud ishni o'ranmasdan da'vogarning foydasiga ijobiy qaror chiqarib berishi shu bilan birga, taraflarning ishtirokisiz hal qiluv qarorini qabul qilishini fuqarolik qonunchiligiga zid deb hisoblaymiz.

Sababi, Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-yildagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 22-son qarorining 12-bandi,da sud, ishni ko‘rishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur da’voga oid barcha dalil hamda e’tirozlarini va ishni kelishuv bitimi yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish sudda ko‘rilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi yo‘li bilan tugatishni taklif qilishi lozimigi aytib o'tilgan.

Fuqarolk Kodeksining 184-moddasiga ko'ra mol-mulk olish-sotish, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari, hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinishi mumkin. Mazkur Kodeks 185-moddasida esa, shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Agar mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki tasdiqlangan paytdan boshlab, shartnomani ham notarial tasdiqlash, ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur bo‘lganida esa — ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
 
Demak, Mulk huquqini boshqa shaxsga o'tish uchun u notarial tasdiqlangan bo'lishi lozim.

Notarius tomonidan uy oldi-sotdisi 18-oy muddatga belgilangan yozgansiz. Ushbu muddat yakunidan so'ng uyga bo'lgan mulk huquqi qarz bergan shaxsga o'tishi notarial tasdiqlangan shartnomada kelishilgan. Mazkur muddat tugagandan so'ng uyga bo'lgan mulk huquqi da'vogarga o'tish qonun jihatdan to'g'ri hisoblanadi.

Ammo, shartnomada kelishilgan muddat o'tmasdan turib uyni egaligingizdan talab qilishi hamda uni sotuvga qo'yishi mutlaqo fuqarolik qonunchiligiga zid hisoblanadi. Mazkur vaziyatda sizning huquqingiz sud orqali himoya qilinishi kerak edi. Sud esa da'vogarning talabiga ijobiy qaror chiqargan. Sudning hal qiluv qarori  apellatsiya tartibida bekor qilinishi mumkin. 

Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki,  siz sud qarori ustidan apellatsiya berish orqali birinchi instansiya sud qarorini bekor qilishingiz shu bilan birga,  uyga bo'lgan mulk huquqingizni qarzingizni to'lash orqali saqlab qolishingiz mumkin. Qarzni to'lay olmay qolgan taqdiringizda uyga bo'lgan mulk huquqi qarz beruvchi shaxsga o'tadi. Chunki, ikkala taraflar o'rtasida shunday shartnoma tuzilgan.

1) Uyga bo'lgan mulk huquqini hokim tomonidan onangizni nomiga rasmiylashitib berilishi vakolat doirasiga kiradi. Shu sababli, Uy oldi-sotdi qilinganda ukalaringizni roziligi talab etilmaydi.

2) Doimiy ro'yxatda turishligingiz haqida ma'lumotnomani ichki ishlar bo'limiga taqdim qiling. Shundan so'ng, notariusga qaytadan javob xati berishi kerak. 

Мирзохид
Farg'ona

Катта рахмат этиборингиз учун. лекин бир жойига сал ойдинлик кирикмаган эканман Натарусни олди сотди шартномасида мени қарзим тўғрисида хеч қандай маълумот ёзилмаган.  Уйни 18 ой муддатда сотмасликка ва қазр сумма хақида фақат давогар инсонни онамни номига 2 та гувох иштирокида ёзиб берган тилхати бор холос. Уй қиймати 100 млн сўмга(оғзаки) бахоланган. мени қарзим эса 250 мнл сўмни ташкил этади. Лекин ўйимизни кўча бахоси 700 млндан хам юқорироқ. 

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing