15 000 so`m savol
narxi

O'qituvchilarga to'langan noqonuniy ustama Javob yopilgan

Tekshiruvchilar 01.01.2018 dan to 31.12.2018 ga qadar maktab o‘qituvchilarining olgan ustama haqlari tekshiruv davomida noto‘g‘ri berilgan degan xulosa qilishdi. Sababini so‘rasam, maktabning ilmiy bo‘lim mudiri kerakli hujjatlarni taqdim etolmaganligi deyishdi, biroq 2019-yilda hama hujjatlar bor. Chunki 2019-yildan buyon boshqa ilmiy bo'lim mudiri ishlayapti. Oldingi mudir ham avvalgi joyida ishlaydi, biroq uqituvchi lavozimida. Oldingi mudir va maktab rahbariyati tagdim etolmagan hujjatlari uchun kim javobgar bo‘ladi? Biz o‘qituvchilar barcha hujjatlarni maktab rahbariyatiga vaqtida berganmiz, endi esa inkor qilishmoqda. Ushbu holatda olingan ustama haqlari kimdan undiriladi? Hujjat taqdim etolmagan rahbardanmi yo tuman Xalq ta'limi bo'limidanmi? Yoki tuman Moliya mo'limining shu ish mutasaddilaridanmi yoki o‘qituvchidanmi? Iltimos, qonun hujjatlari asosida aniq javob bersangiz.

Javoblar

Холов Ҳабибулло
Toshkent shahri
6     Minnatdorchilik

   

      164-модда. Меҳнат ҳақидан ушлаб қолиш

   Умумий қоидага кўра, ходимнинг ёзма розилиги билан, бундай розилик бўлмаган тақдирда эса, — суднинг қарорига асосан меҳнат ҳақидан ушлаб қолиниши мумкин.

Қуйидаги ҳолларда ходимнинг розилигидан қатъи назар, меҳнат ҳақидан ушлаб қолинади:

1) Ўзбекистон Республикасида белгиланган солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларни ундириш учун;

2) суднинг қарорлари ва бошқа ижро ҳужжатларини ижро этиш учун;

3) иш ҳақи ҳисобига берилган авансни ушлаб қолиш учун, хўжалик эҳтиёжларига, хизмат сафарларига ёки бошқа жойдаги ишга ўтганлиги муносабати билан берилган бўлиб, сарф қилинмай қолган ва ўз вақтида қайтарилмаган авансни ушлаб қолиш учун ҳамда ҳисоб-китобдаги хатолар натижасида ортиқча тўланган суммани қайтариб олиш учун. Бундай ҳолларда иш берувчи авансни қайтариш ёки қарзни тўлаш учун белгиланган муддат тамом бўлган кундан ёхуд ҳақ тўлаш нотўғри ҳисоблаб чиқарилган кундан бошлаб бир ойдан кечиктирмасдан аванс ёки қарзни ушлаб қолиш ҳақида фармойиш беришга ҳақлидир. Агар бу муддат ўтиб кетган бўлса ёки ходим хўжалик эҳтиёжларига, хизмат сафарларига ёхуд бошқа жойдаги ишга ўтганлиги муносабати билан берилган аванснинг ушлаб қолинишини асоссиз ёки миқдорини нотўғри деб ҳисобласа, у ҳолда қарз суд тартибида ундирилади;

Mazkur holatda sizning va hamkasblaringizni ish haqidan ushlab qolinishini asossiz deb hisoblasangiz, buni ish beruvchiga ma`lum qilishingiz kk, nizo sud tartibida ko`rib chiqilib hal etiladi.

 

 

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing