30 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Sud qarorini MIB xodimlari qancha muddaddda ijro qiladi

Assalomu alaykum. Fukarolik sudiga fevral oyida murojat qilganman. Undirish qarorini chiqarib berishgan. MIB xodimlari qancha muddat oralig'ida undirilishini taminlaydi?

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom.

O‘zbekiston Respublikasining ''Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida'' qonunning 23-moddasiga asosan davlat ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart. Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun muddat belgilaydi. Mazkur muddat tugagandan so'ng  davlat ijrochisi hujjati ko'pi bilan ikki oy ichida ijroga qaratilishi lozim bo'ladi. Bundan ko'rinadiki, sud ijrochisi tomonidan uzog'i bilan ikki oy muddatda undiruvni amalga oshirilishi kerak bo'ladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, quydagi ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak:

  • alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish to‘g‘risidagi talablar;
  • qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi talablar;
  • ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda ko‘rsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.

Yuqoridagi qonunining 85-moddasiga ko'ra, davlat ijrochisi ijro hujjatlarining o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri ijro etilishi choralarini ko‘rishi shartligi ta'kidlab o'tilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarmagan taqdirda 88-moddasiga muvofiq davlat ijrochisining xatti-harakatlari ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Xulosa qiladigan bo'lsak, davlat ijrochisi belgilangan muddatda o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan shu bilan birga sud qarori ijrosini ta'minlamagan. Davlat ijrochisini (MIB) majburiyatlarini bajarmasligi yuzasidan yuqori turuvchi organga tuman prokuraturasi yoki ma'muriy sudga shikoyat qilishingiz kerak bo'ladi.

Аслонкулов Шахзод
Qashqadaryo

Ассалому алйкум, ҳурматли фуқаро! 

"Суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этиш тўғрисида"ги 2001 йил 29 августда қабул қилинган Ўзбекистон Республикаси Қонунига кўра ижро ишлари Прокуратура хузуридаги Мажбурий ижро бюроси томонидан амалга оширилади. Ушбу Қонуннинг 30-моддасига кўра, ижро ҳаракатлари ва ижро ҳужжатининг талаблари ижро ҳужжатининг ихтиёрий ижро этилиши учун белгиланган муддат тугаган кундан эътиборан кўпи билан икки ой муддат ичида давлат ижрочиси томонидан амалга оширилиши ва ижро этилиши керак.

 Ижро ҳужжатларининг қуйидаги талаблари дарҳол ижро этилиши керак:

алиментлар ҳамда уч ойдан ошмаган иш ҳақини ундириш тўғрисидаги талаблар;
қонунга хилоф равишда меҳнат шартномаси бекор қилинган ёки қонунга хилоф равишда бошқа ишга ўтказилган ходимни ишга тиклаш тўғрисидаги, меҳнат шартномасини бекор қилиш асосининг таърифини ўзгартириш тўғрисидаги талаблар;
ижро ҳужжатида баён этилган талаблар дарҳол ижро этилиши ҳужжатда кўрсатилган ёки дарҳол ижро этилиши қонунда назарда тутилган ҳоллардаги бошқа ишларга доир талаблар.
Хулоса қилодиган бўлсак, агарда ижро ҳужжати ихтиёрий ижро этилиш муддати ўтиб кетган бўлса кўпи билан икки ой ичида МИБ томонидан амалга оширилади.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing