20 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Bola 2 yoshga tolguncha bola puli olish haqida

salom, Erim 1 guruh nagironi uni oladigan nafaqasi bola pulini hisoblashda hisobga olinadimi, 16 yoshda2 guruh 30 yoshdan 1guruh, kozi ojiz, bir nafar farzandimiz bor, Oilada 10 nafarmiz,

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomi qabul qilingan. Ushbu Nizom fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa (keyingi o‘rinlarda bolali oilalarga nafaqa deb ataladi), bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa (keyingi o‘rinlarda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa deb ataladi) va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda moddiy yordam deb ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.

Ushbu nizomga ko'ra, Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega: ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar; ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar; 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar; bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). 

E'tibor bering! ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olishda ustunlik huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

 Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun quydagi mezon asos qilib olingan:

"Har bir oila a'zosiga o'rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 52,7%dan ortiq bo'lmagan oilalarga tayinlanadi".

Demak, oilangizning jami daromadi har bir oila a'zosiga 358 ming so'mdan kam bo'lsagina ushbu nafaqni olishga haqli hisoblanadi.

Mazkur nizomning 22-bandida nogironligi bo‘yicha nafaqa oladigan shaxs  bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlashda o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadlari tarkibiga kiritilmagan. Bundan ko'rinadiki, eringiz olayotgan pensiyasi bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlashda oilaning jami daromadiga kirtilmaydi va hisoblanmaydi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, farzandingiz ikki yoshga to'lgunga qadar beriladigan nafaqa olish huquqiga egasiz. Shu bilan birga, mazkur nafaqani olishda boshqalarga qaraganda ustunlik huquqiga ega ekanligingizni ma'lum qilamiz.

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri

Assalomu alaykum! Shuningdek, qayd etilgan nizomning 22-bandiga muvofiq, farzandlaringiz tomonidan olinadigan nafaqalar ham daromad tarkibiga kiritilmaydi. 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing