Sudga chaqiruv bolganda 3 martta kelmadi xotinim endi 3 oyga chozishdi

1)Sudga chaqiruv bolganda xotinim har xil baxonalar qilib kelmadi, maqsading nima yashasak yashaylik desam yoq yashamiman lekin ajrashmimanam deydi 2 ta ogilim bor ularniyam korsatmayabti, 3 oy muddat berdi endi yaqinda sud boladi yana shunda yana baxona qidirib kelmasa yana chozadimi? Men ham bunday yurishdan charchadim ajrashib boshqaga uylanmoxchiman u sudga kelmasa yoki rozi bolmasa ajrasholmaymizmi? 2) agar shunaqa jinnilik qilib sudga kelavermasa nima qilsam boladi?

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
295     Minnatdorchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandida  sudlarga tushuntirilsinki, OK 1-moddasi ikkinchi qismi talabiga muvofiq nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari va boshqa holatlar) aniqlansa, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud o‘z tashabbusi bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rilishini keyinga qoldirishga haqli.
 
Ishning ko‘rilishi keyinga qoldirilganda, sud OK 40-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq er-xotinga yarashishlari uchun olti oygacha muddat tayinlashga haqli. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, OK 218-moddasi talablarini inobatga olgan holda yarashish uchun beriladigan muddat uch oydan kam bo‘lishi samarasiz hisoblanadi. Er-xotin yarashishi maqsadida olti oylik muddat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkin.
 
Oila Kodeksining 40-moddasida sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Mazkur muddat tugagandan so'ng, sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi. Er yoki xotining sudga 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing