Farzindimni otamning familiyasiga o'tkazish mumkinmi? Javob yopilgan

2014-yildan buyon erim bilan yashamayman. 2018-yilda biz qonunan ajrashdik, alimentga daʼvo qilmadim. Oʻgʻlim hozir olti yoshda. Otam oʻgʻlimni oʻz familiyasiga olmoqchi. Buning uchun qayerga murojaat qilishim kerak va qonunan bunga haqlimizmi?

Javoblar

Ziyoyev Hamidulla
Toshkent shahri
6     Minnatdorchilik

Sayyora, savolingizdagi holatga ko'ra, demak sobiq turmush o'rtog'ingiz bolaning familiyasi o'zgartirishilishga qarshi yoki siz uning roziligini olmasdan bu ishni amalga ishirmoqchisiz. Umumiy qoidaga kora, bolangizning familiyasini siz oʻzingiz yashab turgan FXDYO boʻlimiga murojjat qilish orqali oʻzgartirishingiz mumkin. Bunda bola sizning familiyangizga oʻtishi mumkin va bu holatda Vasiylik va homiylik organining roziligi talab qilinadi.
Fuqarolik kodeksining 38-moddasi uchinchi qismiga koʻra,

familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga FHDYO organi tomonidan tegishli oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan ifodalanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 148-bandi uchinchi qismiga koʻra,

oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ular ota-onasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Fuqarolik kodeksining 38-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra,

fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini tuzatish va oʻzgartirish yetarli asoslar boʻlsa hamda manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmasa, fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Yaʼni, bolaning otasi ham, onasi ham rozi boʻlsa, bolaning otasi va onasi birgalikda FHDYO organiga borib ariza yozishlari lozim.

Bunda bolaning familiyasi oʻzgartirilishi mumkin, ammo ota ismi (sharifi, otchestvo) oʻzgartirilmaydi. Otasining ismi faqatgina otalik oʻzgartirilganida oʻzgartirilishi mumkin.

FHDYO organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etasiz:

  • 1. Ota va onaning pasport nusxalari (originali ham olib borilishi kerak);
  • 2. Bolaning tugʻilganlik haqida guvohnomasi;
  • 3. Nikoh bekor qilinganligi haqida guvohnoma olib borilishi lozim.

FHDYO organi tomonidan qoʻshimcha boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.
Agarda ota bolaning familyasi oʻzgartirilishiga rozi boʻlmasa:
Fuqarolik kodeksining 38-moddasi beshinchi qismiga koʻra, manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlsa yoki fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi yozuvni tuzatish yoki oʻzgartirishni rad etsa, nizo sud tomonidan hal qilinadi. Yaʼni, ota bolaning familyasi oʻzgartirilishidan norozi boʻlsa, oʻzingiz yashab turgan (doimiy roʻyxatda turgan) hududdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga ariza bilan murojaat qilasiz.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing