Beruxsat suratga olganga qanday qonuniy chora ko'riladi? Javob yopilgan

Savolim shundan iboratki, mening qarshiligimga qaramasdan bir shaxs meni beruxsat suratga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishiga sababchi bo'lsa, unga qonun doirasida qanday chora ko'rsa bo'ladi?

Javoblar

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

Bunday holat "Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish" huquqbuzarligi uchun ma'muriy javobgarlikka asos bo'lishi mumkin. 

Mirzayev Islomjon
Toshkent shahri
123     Minnatdorchilik

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga ko'ra, har kim o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi Maxsus qismi V-bobining bir nechta moddalarida Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun ma]muriy javobgarliklar belgilangan. Xususan, Kodeks 46-moddasida "Fuqaroga ma'naviy va moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish" huquqbuzarligi uchun, 46-1-moddasida esa "Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish" huquqbuzarligi uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 141-1-moddasida "Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish" uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Agar Sizning qarshiligingizga qaramasdan, Sizni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan shaxsning harakatlarida, yuqorida qayd etilgan normalarda ko'rsatilgan huquqbuzarliklarning alomatlari mavjud bo'lsa, tegishli tartibda javobgar bo'lishi mumkin.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing