20 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Avtomobilni mumkin bo'lmagan joyga qo'yish

Avtomobilimni mumkin bo'lmagan joyga (подзнак) qo'yganim uchun avtomobilim nomerini yechib ketishibdi. Menga xechqanday ogoxlantirish berishmadi. 10 kuncha tushirib qoldirganman deb o'ylabman. DAN xodimlari yechib ketishgan ekan. Mashinamda Shahar DANga ketayotganimda dan xodimlari yo'limni to'sib avtomobilimni jarima maydonchasiga tiqib qo'yishdi. Endi padznakga aloxida avtomobilni (faqat orqa) raqamsiz boshqarganim uchun aloxida jarima to'laymanmi. umumiy qancha bo'ladi

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
206     Minnatdorchilik

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 125-moddasiga muvofiq  foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olingan transport vositalarini boshqarish —bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

E'tibor bering! Davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olish YPX xodimlarining vakolat doirasiga kiradi. Va bu xatti-harakati ularning qonuniyligini bildiradi. Mazkur normaga tuzatish kiritish kerak degan fikrdamiz. Sababi, siz kabi haydovchilar raqamimni tushirib qoldirdim deb o'ylab ikkinchi jarimaga tortilmoqda. 

Mazkur Kodeksning 128-moddasiga ko'ra, Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi— bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sizning holatingizda, ikkala vaziyatda ham jarima to'laysiz deb hisoblaymiz.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing