20 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Корхонада тасисчи ва рахбар узгармокда.

Ассалому алайкум. Мчж рахбари хам тасисчиси бошка бир фукорога уз корхонасини ва мулкини текинга утказиб бермокда. Корхона устав фонди 10млн. Корхона балансида ер хам мавжуд. Шу масалани юридик кандай расмийлаштирилади, ва иккала фукорога кандай солик мажбурийятлари вужудга келади. Жавоб учун олдиндан Рахмат.

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
206     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom!

O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 20-moddasiga ko'ra, jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish to‘g‘risidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) o‘zganing foydasiga voz kechishga doir bitimning ushbu moddada yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.

Demak, ustavngizda yuqridagi bitimlarni amalga oshirilishi notarila tartibda tasdiqlanishi belgilab qo'yilmagan bo'lsa, boshqa fuqaroga MCHJni tekinga berishda oddiy yozma shakliga rioya qilgan holda amalga oshirishingiz mumkin. MCHJ boshqa fuqaroga o'tgandan boshlab, soliq organlari va kreditorlardan qarzdorlik to'g'risidagi majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Bunda korxona rahbari hamda ta'sischisida soliq majburiyatlardan ozod bo'ladi.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing