25 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

men e-ijro auksionida namunali uy sitib oldim 2019 7 noyabrda majburiy ijro buyrosi ijro hujatiga asosan auksionga chiqargan uyni kurgani borganimda ijrochi telefonini kutarmagan uyni yutib oldim pulini tuliq tuladim 156 300 000 majburiy ijroga borsam uyn

men e-ijro auksionida namunali uy sitib oldim 2019 7 noyabrda majburiy ijro buyrosi ijro hujatiga asosan auksionga chiqargan uyni kurgani borganimda ijrochi telefonini kutarmagan uyni yutib oldim pulini tuliq tuladim 156 300 000 majburiy ijroga borsam uyni kaliti uyda yashayotgan oilada dedi uni sudga berib uydan chiqarasan dedi shu asnoda nima qilishni bilmay yurdim ijrochi kadastir kilaverin kvartira topib chiqadi dalolatnomaga qul quyib kadastr kiling dedi uzi uyga kirmadi ijrochi va men bordik uyga uyni kurdim koniqarli ahvolda kadastr qildim lekin uydagilar chiqmadi 2019 yil 14 dekabr kuni uyda yashayotgan hotinga 5 500 000 sum karz beridim uyni kaliti va narsalarini olib chiqib ketishiga lekin pulni olib uydan narsalarini olib chiqmadi hamma narsasi uyda turibdi uyga kirib yashaylik desak uyni elektr energiyadan 6 milon dan ziyod qarzi bor ekan gazdan 1 700 000 qarzi borligi uchun uzib ketilgan ekan majburiy ijro buyrosiga borsam uzing tula yoqib beramiz keyin yashagan oilada undirib olasan deydi mana 8 oydan beri ovora bulib yuribman 3 marta toshkentga bordim murojat qilishga 1007 yozdim bari men olgan uy Jizzah viloyati Pahtakor tuman majburiy ijro buyrosiga junatadi murojatimni ular sudga berib chiqarasan narsalarini kamunal tulovlarni uzing tulab keyin undirib olasan deb jovob hati junatayapdi nega auksion ga namunali uyni tulik malumotini joylashtirmagan fuqorolar yashayotganligi ogohlantirilmagan sudni ijro hujatida Nosirov Boysari nomig chiqqan uyda Tulakova Muborak utirib olib uyni men tilhat orqali sotib olganman diydi uy ipateka uy kiriditi tufayli auksionga quyilgan nega uy Nosirov Boysariga tegishli bulsa ijrochilar Tulakova Muborakni uydan chiqarib auksiongach saqlashga pechatlab olmagan Nosirov boysarini hech qaysi qarindoshi bu erda schotda turmaydi har kuni uyni 22 kmga kelib habar olaman yashamasam ham 1 narsam yoqolsa jovob berasan diydi u hotin qishi bilan odam yashamagani uy isitilmagani uchun devorlari poli nurab tamirtalab ahvolga kelib qoldi nima qilay auksionni bekor qildiraymi pulimni qay tartibda qaytarib beradi yoki u ayolni narsalarini chiqarishga sudga beraymi majburiy ijro buyrosini sudga berib modiy manaviy zararni undirssmi kalla kotib koldi auksionni prizentimiz jismoni yuridik shahslarga qulayli shaffoflik korupsiyani oldini olish uchun tashkil kilgandi men shunga ishonib olganman majburiy ijro buyrosi ijro hujatlariga asosan mol mulkni auksionga quyishni notugri kuygan toshket shahardagi uylarda agohlantirgan fuqoro yashaydi majburiy tartibda sud orqali chiqartilishi lozim deb nega bunda ogohlantirmagan qisqasi uzimga uymas janjali muomo sotib olibman usha pulni hozir sud orqali qaytarib olsam endi u pulga uy ololmayman endi ular pulimni qaytarsa kancha penyasi bilan qayraradi nima maslahat bersiz sudga bersam advakat kerak

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
145     Minnatdorchilik

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-son qaroriga 1-ILOVA ''Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to'g'risida'' nizomi qabul qilingan.
Mazkur Nizom yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.

Bundan ko'rinadiki, yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish (sotib olish)  ushbu nizomda belgilangan tartiblar asosida amal qilinadi.

Yuqoridagi nizomning 63-bandiga muvofiq Tumanlar (shaharlar) hokimlari «E-IJRO AUKSION» orqali bayonnomani olgandan keyin besh ish kuni mobaynida:
1)auksion g'olibiga yer uchastkasini ajratish haqida qaror qabul qiladilar;
2)yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni davlat korxonasi filialiga yer uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun yuboradilar;

Shundan so'ng, o'zining «E-IJRO AUKSION» veb-saytlarida yer uchastkasini auktsion g'olibiga ajratish haqidagi qarorini e'lon qiladilar. Shu bilan birga, Yer tuzish davlat korxonasining filiali yer uchastkasi ajratish to'g'risidagi qarorni olgandan so'ng ikki ish kuni davomida, yer ajratish haqidagi qaror asosida yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini to'lov undirmasdan davlat ro'yxatidan o'tkazadi.

Yuqoridagi nizomga muvofiq siz auksionda yutib olgan na'munali uy sizning nomingizga davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lib, ushbu yer uchastkasiga bo'lgan mulk huquqi sizning nomingizda ekanligi anglashadi. Mulk huquqi sizga o'tgandan so'ng davlat ijrochisi bir qator hrakatlarini qilishi kerak edi. Xususan, sobiq uy egasini uydan chiqarib yuborishi, komunal to'lovlardan qolgan qarzni qarzdorlardan undirishi va boshqa harakatlar. 

Siz yuqoridagi holat yuzasidan yashash joyingizdagi, fuqarolik ishlari bo'yicha tuman yoki shahar sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Hayot
Jizzax


Hayot
Jizzax


Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing