20 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Assalomu alaykum! Savolim aliment borasida. Javobingiz uchun oldindan raxmat.

Mening 6 oylik o'g'lim bor. Turmush o'rtog'im bilan anchadan beri birga yashamaymiz Lekin qonunan ajrashmaganmiz. Bolam uchun aliment undirmoqchiman. Qayerga qanday tartibda murojaat qilishim kerak ? Javobingiz uchun oldindan raxmat

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
145     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assallom!

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Oila Kodeksining 99-moddasiga ko'ra Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin

E'tibor bering! Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Mazkur Kodeksning 136-moddasiga ko'ra Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, siz turmush o'rtog'ingizdan ta'minot undirish uchun yashash joyingizdagi fuqarolik ishlari bo'yicha sudga aliment undirish to'g'risida da'vo arizasi bilan murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.

Eslatma! ''Davlat boji to'g'risida''gi qonunga muvofiq aliment undirish to'g'risidagi da'vo arizalar davlat bojidan ozod qilingan. Mazkur qonunga binoan sudga da'vo arizasiga to'lov qilmasdan, murojaat qilish huquqiga egasiz.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing