100 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Bolani vasiylikka olish qanday bo'ladi?

Bir tanishim (ayol kishi) yaqinda farzandli bo'ldi. Ammo bolaning otasi boshqa odam ekan. Shu sababdan oilaviy munosabatlari buzilib, hozirda eri bilan yashamayapti. Eri bilan qonuniy nikohdan o'tishgan. Bolaning guvohnomasi onasining familiyasida. Oilaliman, 5 yildan beri farzandsizmiz. Shu bolani farzandlikka olishim mumkinmi? Bolaning onasi rozi. Qonunchilikda buning shartlari qanday? Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun men bilan bog'lanishingizni so'rab qolar edim.

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
145     Minnatdorchilik

Hurmatli fuqaro, savolingizni o'rganib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlarga tayangan holda  quydagicha javob berishga qaror qildik:

Oila kodeksining 159-moddasiga ko'ra: Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi. Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.

Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.

Demak, ushbu normadan ma'lum bo'ldiki, bolani farzandilkka olish uchun birinchi navbatda bolaning ota-onasining roziligi talab etiladi.

Shuningdek, Oila kodeksining 154-moddasiga ko'ra: Farzandlikka olishda quyidagilar shaxsalar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:

  • turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
  • farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
  • aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
  • o‘gay ota va o‘gay ona;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.

Shuningdek, Farzandlikka olish uchun yashash joyingizdagi fuqarolik ishlar bo'yicha tuman sudiga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim. Qay tartibda murojaat qilishingizni quydagi normativ hujjatlarga asoslanib maslahat beramiz.

Fuqarolik protsessual kodeksining 298-moddasiga muvofiq Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.

Farzandlikka olish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:

1. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi.

2. Farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug'ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi.

3. Farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to'g'risidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yo'qligi haqidagi ma'lumotlar.

4. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish to'g'risidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar.

5. Bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.

6. Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Farzandlikka olish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi kerak: nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomasining ko'chirma nusxasi;
2. Nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining ko'chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma'lumotnoma;
3. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog'lig'i holati to'g'risidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan ma'lumotnomalar);
4. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma'lumotnoma;
5. Turar joyga bo'lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Xulosa qiladigan bo'lsak, farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Farzandlikka olish uchun yashash joyingizdagi fuqarolik ishlar bo'yicha tuman sudiga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak. Sud farzandlikka olish to'g'risidagi ishni mazmunan ko'rib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish to'g'risida hal qiluv qarorini chiqarishi mumkin.

 

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing