25 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

"AvtoHamkor 0 foiz" firmasining ishlash tartibi qonunga zid emasmi?

Assalomu Alaykum. Avtomashina olish niyatim bor. Yaqinda "Mening yurtim" telekanalida "AvtoHamkor 0 foiz" MChJni reklama qilishdi. Bu korxonaning ishlash prinsipi qonun jihatidan to'grimi? "Avto 60 oy"ga o'xshab xalq aldanib qolmaydimi? Umuman, televideniyada reklama qilinayotgan hamma tashkilotlar haqidagi ma'lumotlar to'g'ri beriladimi? Ularning qo'shtirnoq ichidagi tadbirkorlar emasligiga qanday kafolat olsa bo'ladi? "AvtoHamkor 0 foiz" MChJ hozirda qonuniy ish faoliyatini yuritib kelmoqdami? Javob uchun oldindan rahmat.

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
145     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assallom!

''Reklama to'g'risida'' qonuning 6-moddasiga ko'ra:

Majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish. Bundan ko'rinadiki, televideniya kanallarida mahsulotni reklam qilishga buyurtma bergan yuridik shaxs qonuniy faoliyati ko'rsatishi talab etiladi.

Mazkur reklamadan kelib chiqib, "AvtoHamkor 0 foiz" MCHJning davlat ro'yxtidan o'tgan deb hisoblashimiz mumkin. Bundan tashqari, "AvtoHamkor foiz" MCHJning sayti orqali davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida guvohnomaga ega ekanligini topdik (quyida ushbu guvohnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin). Ushbu MCHJning guvohnomaga ega bo'lishi hamda davlat ro'yxatidan o'tishi uning qonuniy faoliyat ko'rsatishini tasdiqlaydi.

Unutmang! ''Reklama to'g'risida''gi qonun hamda ushbu MCHJga berilgan  guvohnomani tahlil qilish orqali faoliyatiga qonuniy baho bermoqdamiz. Ammo uning faoliyati to'g'riligini yanada aniqlashtirishimiz uchun ushbu dalilar yetarlicha emasligini inobatga olishingizni so'rardik.

Sizga shuni maslahat berishimiz mumkinki, "AvtoHamkor 0 foiz" MChJ bilan shartnoma tuzishdan oldin uning faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishishingiz, shuningdek, advokat yoki yurist bilan maslahatlashgan holda shartnoma tuzishingiz kerak bo'ladi. 

 

 

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing