Пул ўтказиш йўли билан савдо қиладиган корхона нақд пулга савдо қилиши учун нималар талаб этилади?

Ассалому Алайкум. Корхонамиз трикотаж маҳсулотларини ишлаб чиқаради, масъулияти чекланган жамият тарзида ташкил этилган, ягона солиқ тўловчиси ҳисобланади. Фақат пул ўтказиш йўли орқали савдо қилади. Савол: корхона савдоси қулай бўлиши учун нақд пулга савдо қилиш мумкинми? Бунда терминал ва назорат касса машинаси (НКМ) олиши керакми? Савдо-сотиқ учун алоҳида савдо нуқтаси ёки шунга ўхшаш жойдан фойдаланиши шартми? Солиқ ҳисоб-китоблари қандай амалга оширилади?

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
84     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assalom.

2019-yildan boshlab, yuridik shaxslarga oʼzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulda sotishiga ruxsat berildi. Ilgari hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin edi.

Bunda naqd pul vositasidagi hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha (20 mln 273 ming soʼmgacha) miqdorda hamda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.

PF-5813 sonli farmon, ya'ni, ''Savdo va xizmat koʼrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida'' qabul qilingan bo'lib, unda virtual kassalar onlayn nazorat kassa mashinalari (onlayn-NKM) tashkil eyish tartibi berilgan.

Farmonga koʼra, savdo (xizmat koʼrsatish) shoxobchalarida aholi bilan amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn uzatishni nazarda tutuvchi virtual kassalar onlayn nazorat kassa mashinalari (onlayn-NKM) qatorida joriy etiladi.

tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʼtgan taqdirda: 

  • ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega boʼlgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish boʼyicha majburiyatlar bekor qilinadi;
  • kunlik oʼrtacha naqd pul tushumi miqdoridan qatʼi nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʼzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega boʼladi;
  • ularga hisoblangan va toʼlanishi lozim boʼlgan foyda soligʼi yoki yagona soliq toʼlovi yoxud qatʼiy belgilangan soliq summasini uning har birini xarid qilish, oʼrnatish va ishga tushirish bilan bogʼliq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi beriladi, bunda ushbu summa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan boʼlishi kerak;
  • virtual kassa dasturiy mahsulotining asos qismi (bazasi) ularga Davlat soliq qoʼmitasi tomonidan bepul beriladi.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing