35 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Hozirgi kunda Afg'on urushi qatnashchilariga qanday imtiyozlar bor ? Javob yopilgan

Assalomu alaykum, hozirgi kunda Afg'on urushi qatnashchilariga qanday imtiyozlar bor va ular yer solig'i to'laydimi? Mening eshitishim bo'yicha masalan 6 sotix yeri bo'lsa soliq to'lamaydi, 6 sotixdan oshsa uyog'iga soliq to'laydi. Ushbu ma'lumot to'g'rimi? Iltimos, batafsil javob bering

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
84     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assallom!

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan kodeksga ko'ra soliqdan ozod qilish borasidagi Afg'on urushi qatnashchilariga berilgan imtiyozlar bekor qilingan.

Amaldagi qonun hujjatlarga ko'ra Afg'on urushi qatnashchilariga quydagi imtiyozlar berilgan:

2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan"Davlat boji to'g'risida"gi qonuning11-moddasiga muvofiq Afg'on urushi qatnashchilari Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan
 
''Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida''gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar guvohnoma bilan shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.
 

Guvohnoma olish uchun fuqaro yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha ShYTBOga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
  • 3 x 4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurat;
  • fuqarolik pasporti;
  • mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan toifaga kirishini tasdiqlovchi hujjat.
Bundan tashqari, “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi qonunning 28-moddasi “J” bandiga asosan, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida har oylik pensiyasiga ustama haq belgilangan.

Shuningdek, ushbu Qonunning 38-moddasi “a” bandiga muvofiq, harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovor harakatlar davrida partizan otryadlari va qo`shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovor harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shib hisoblanadi.

Afg'oniston Respublikasida bo'lgan urushda qatnashgan shaxslar uchun qonunchilikda ushbu imtiyozlar qayd etilgan.

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing