25 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Эр-хотин ўртасида мол-мулк қандай тасарруф этилади? Javob yopilgan

Ассалом алайкум. Саволим шундан иборатки, мен аёлим билан ажрашмоқчиман уртамизда икки фарзанд бор. Бири 2 ёш бири эса 6 ойлик бўлди. Агарда мен ажрашиш учун судга даво билан мурожаат қилсам мол мулким икки фарзандимга бўлиб бериладими. Шу мол мулкни тассаруф (бўлиб олиш) этиш бўйича тушунчалар берсангиз. Олдиндан раҳмат.

Javoblar

Namozov Shohrux
Toshkent shahri
206     Minnatdorchilik

Va Alaykum Assallom!

Jasur aka, oilani imkon boricha saqlab qolishga farzandlaringizni barkamol va salohiyatli qilib tarbiya qilishlaringizni so'rab qolardik.

Savolingizga huquqiy jihatdan javob berishga harakat qilamiz.

Oila kodeksining 23-moddasida  Er va xotinning umumiy mulkiga quydagicha ta'rif berilgan:

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Bundan ko'rinadiki, nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklar er va xotining umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga quydagilar kirishi mumkin:  er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi.
 
Shuningdek, Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
 
E'tibor bering!
Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi. Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.
Mazkur kodeksning 25-moddasiga ko'ra: er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.
 
Ushbu er va xotin o'rtasidagi umumiy mulk er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.
Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.
 
Xulosa qiladigan bo'lsak, nikoh davomida ortirilgan har qanday mulk  er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. Ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi va o'rtada teng taqsimlanadi. Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining e’tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir.
 
Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish lozimki, bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas.
Жасур
Toshkent viloyati

Лекин мани номимда хеч нарса йук хаммаси ота онамни номида демокчи бугани мандан уй олиб беришни талаб кила оладими ёки бошка мол мулкни талаб килоладими?

Namozov
Shohrux
Toshkent shahri
206     Minnatdorchilik

Ota-onangizning mol-mulkiga ajrim jarayonida undan keyin ham  sizdan uy-joy yoki boshqa ko'rinishdagi mol-mulk talab qilishga haqli emas.

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing