15 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Ijarachi qo'shnining uyiga suv toshirib yuborsa, zararni kim to'laydi: uy egasimi, ijarachimi? Javob yopilgan

Qo'shnim uyiga ijarachilarbi qo'yadi. Ijarachlar uyimga suv toshirib yubordi va qo'shnim bu zararni to'lashdan bosh tortdi. Sudga ariza bermoqchiman. Sud orqali zararni undirib olishimga kafolat bormi? Zararni uy egasi to'laydimi yoki ijarachilarmi?

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri

Assalomu aleykum ushbu masala fuqarolik qonun hujjatlari asosida hal etiladi. Ushbu vaziyatda siz o`sha uyda yashayotgan shaxslarning harakatlari ustidan uy-joy tegishli bo`lgan hududdagi fuqarolik ishlari bo`yicha sudga zararning o`rnini qoplash haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilasiz.

Fuqarolik qonunchilida “isbotlash prinsipi” qoidalari qo`llanilganligi bois siz o`z da’voyingizni o`zingiz isbotlab berishingiz lozim bo`ladi. Bu haqida Fuqarolik-protsseual kodeksining 72-moddasida quyidagicha norma belgilangan. Har bir taraf o`zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko`rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo`lsa ham ularni muhokamaga qo`yadi.

Shuningdek, mazkur kodeks 71-moddasida ishda nimalarning dalil sifatida qabul qilinishi haqida to`xtalib o`tilgan bo`lib, unga ko`ra taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo`ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to`g`ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo`lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo`yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko`rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.

Shunday ekan, siz uyingizga yetkazilgan zararning haqiqiy holatini isbotlash uchun uyning hozirgi(ya’ni zarar yetkazildan keyingi) suratlarini taqdim etishingiz, shuningdek guvohlarni sudda ishtirok etishga olib borishingiz mumkin.

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing