50 000 so`m savol
narxi
Biriktirilgan

Ассалому алейкум,мен олмалик шахриданман,эрим бн ажрашганмиз турт нафар фарзандимиз бор туртинчи фарзандим аклан оркада,узи саккиз еш булса хам уч турт еш болани килигини килади кузида нуксони хам бор болани хар олти ойда даволатаман аслида уч ой дейишган

Voyaga yetmagan qizim Oliy o'quv yurtida o'qiydi. Erim bilan ajrashganman. To'rtta farzandim ham men bilan. Lekin, erim kontrakt to'lashdan bosh tortyapti

Javoblar

Imomniyozov Doniyor
Toshkent shahri
132     Minnatdorchilik

Assalomu alaykum savolingiz biroz tushunarsiz, ya’ni holat to‘liq yotirilmagan. Shuning uchun umumiy asoslarga ko‘ra jaob berishga harakat qilamiz. Mazkur vaziyatda siz sobiq turmush o‘rtog‘ingizdan voyaga yetmagan farzandlaringiz ta’minoti uchun aliment olishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 99-moddasiga muvofiq Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.
Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.

Shuningdek, mazkur kodeks 136-moddasiga muvofiq aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, agar sobiq turmush o‘rtog‘ingiz aliment to‘lashga ixtiyoriy rozi bo‘lsa, siz bu vaziyatda yashashjoyingizdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ariza bilan murojaat qilishingiz kifoya qiladi. Bunday holatda sud ishni buyruq tartibida ko‘rib uch kun ichida hal qiladi.
Agarda eringiz aliment to‘lashga rozi bo‘lsa, siz fuqarolik ishalari bo‘yicha sudga aliment undirish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra bu turdagi da’volardan davlat boji undirilmaydi.
Oila kodeksi 99-moddasiga muvofiq to‘rt nafat voyaga yetmagan farzandlaringiz uchun aliment sobiq turmush o‘rtog‘ingizning ish haqi va (yoki) boshqa daromadining yarmisi miqdorida undiriladi.
Siz aytgan vaziyatda eringiz qizingizning kontraktini to‘lab berish majburiyatini olmaydi. 

Siz qoʻshimcha ravishda savolni ochiqlasangiz mukammal javob berishga harakat qilamiz.

Ma`lumot! Bu savolni boshqa javoblarini siz kora olmaysiz!

Boshqa xizmatlar

Saytda savol berishingiz mumkin, bundan tashqari telefon orqali konsultatsiya olishingiz hamda kerakli hujjatlarni buyurtma qilishingiz mumkin



50 000 so'mdan
Foydalanish

Telefon konsultatsiya

Telefon raqamizgizni qoldiring va mutaxasis siz bilan tez orada bog'lanadi.

80 000 so'mdan
Foydalanish

Hujjat buyurtma qilish

Yuridik hujjat uchun buyurtma bering va qisqa vaqtda natijaga erishing