Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

25000 сум стоимость
вопроса

Eski pasport muddati chet eldaligimda o'tgan. O'zbekistonga borib almashtirmoqchi bo'lsam, jarima to'laymanmi?

Green Card bo‘yicha AQSHdaman. 2010 yil aprelda kelganman, 2015 yil iyunda esa 45 yoshga to‘lganim sababli pasportning amal qilish muddati o‘tdi. Doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirishga ulguraman deb o‘ylagandim, biroq rejam amalga oshmadi. Ayni paytda oilam AQSHda doimiy yashashga ruxsatnoma asosida yashaydi, hamma yangi pasport olib bo‘lgan. Mening faqat bitta yo‘lim bor - Nyu-Yorkda sertifikat olib, O‘zbekistonga pasport olishga borishim mumkin. Eski pasport O‘zbekistonga (Samarqand, Samarqand viloyati) qancha vaqtda yetib boradi? 5 yildan ortiq vaqtdan buyon O‘zbekistondan tashqarida bo‘lganligim munosabati bilan pasport olish va O‘zbekistondan chiqishda muammoga to‘qnash kelmaymanmi?

Nov 11, 2017 вопрос №93 Sarvar , г.Toshkent


Kategoriya: Гражданство, Паспортная система, ОВИР 3

Ответы

Lawyer 1

Sitora Saidova

Huquqshunos

6. Вақтинча яшаш учун чет элга кетган, у ерга ошкора келган ва чет элда доимий яшашга қарор қилган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари доимий яшашга рухсатномани расмийлаштириш учун белгиланган шаклдаги ҳужжатлар билан Ўзбекистон Республикасининг тегишли консуллик муассасасига мурожаат қиладилар.

Консуллик муассасаси фуқароларнинг чет элда доимий яшаш учун қолдириш бўйича ҳужжатларини расмийлаштиради ва масалани белгиланган тартибда келишиш учун ҳужжатларни Ташқи ишлар вазирлиги орқали Ички ишлар вазирлигига юборади»

Lawyer 1

Sitora Saidova

Huquqshunos

5. Чет элга вақтинча яшашга кетган (хизмат сафарига, ўқишга, контракт бўйича ишлашга ва шу кабилар) Ўзбекистон Республикаси фуқаролари муайян ёшга тўлганлиги ҳамда паспортида белгилар ва визалар қўйиш учун варақлар тугаганлиги, шунингдек чет элга бориш учун стикерни расмийлаштириш муносабати билан паспорт алмаштирилган ҳолларда Ўзбекистон Республикасининг чет элдаги консуллик муассасаларига паспорт бериш ва чет элга чиқиш учун стикерни расмийлаштириш тўғрисида белгиланган шаклдаги ариза билан мурожаат қиладилар. Фуқароларнинг аризалари белгиланган тартибда консуллик муассасалари томонидан расмийлаштирилади ҳамда паспорт ва стикерни расмийлаштириш учун Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги орқали Ички ишлар вазирлигига жўнатилади. Расмийлаштирилган паспорт эгасига бериш учун Ташқи ишлар вазирлиги орқали Ўзбекистон Республикасининг тегишли консуллик муассасасига юборилади. Паспортни расмийлаштиришнинг тўлиқ даврий муддати 30 иш кунидан ошмаслиги керак.

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

- Muddati o‘tgan pasportingizning yashash joyidagi pasport stoliga kelish muddati qaytib kelishga sertifikatning amal qilish muddatiga teng - 1 oydan oshmaydi (AV tomonidan 17.06.1998 yilda 448-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Yo‘riqnoma).

Agar pasport olish uchun taqdim etilgan hujjatlar shubha tug‘dirsa (qaytib kelishga sertifikatni olish holatlariga qarab), O‘zRning AQSHdagi Elchixonasida sizga nisbatan 1 oy davom etadigan tegishli tekshiruv o‘tkazishlari mumkin. Zarurat tug‘ilganda esa - 6 oygacha (Yo‘riqnoma, IIVning AV tomonidan 9.04.1999 yilda 698-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘iga 1-ilova).

IIVda yoki TIVda vakolatli organlarning chet elda bo‘lgan vaqtingizda kelgan mamlakat qonunlarini buzganligingiz (qonun buzilishlari ro‘yxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek borishingiz maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadigan axboroti mavjud bo‘lsa - axborot hisobga olingan kundan boshlab 2 yil o‘tgunga qadar chet elga borish huquqingizni cheklash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin (Tartib, VMning 6.01.1995 yildagi 8-son qaroriga 1-ilova).

Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimi qoidalarini buzgansiz, undagi pasport stolida pasport almashtirayotganingizda haqiqiy bo‘lmagan pasportdan foydalanganingiz uchun ma’muriy jazo - EKIHning 1/2 qismidan 3 baravarigacha miqdordagi jarima qo‘llaydilar (MJTKning 223-moddasi).