Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Noturar joyni qanday tartibda turar-joy obyektiga o'zgartiriladi?

Oilada 5 o'g'il farzandmiz. 3 nafarimiz uylangan. barchamiz ota uyimizda yashaymiz. Lekin 4 sotix noturar joyimiz bor. Maishiy xizmat. Shuni turar joy qilib kadastr qilsa bo'ladimi?

Feb 6, 2018 вопрос №319 Shaxriyor , г.


Kategoriya: Недвижимость 3

Ответы

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

Ha, mumkin noturar joy obyektini turar joy toifasiga o’tkazishingiz mumkin. Savolingizda so’ralgan masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 9 martdagi 70-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Buning uchun, dastlab uyingiz joylashgan tumandagi Davlat xizmatlari markazi (“Yagona darcha”markazi)ga murojaat qilasiz. Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1) Belgilangan shakl bo‘yicha turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomani berish to‘g‘risida ariza – muhandislik ta’minoti yuklamalarini o‘zgartirmasdan;

2) Binoga birgalikda egalik qiluvchilar va oila voyaga yetgan a’zolarining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga notarial tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligi;

3) Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining ko‘p xonadonli uylardagi turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga roziligi (noroziligi);

4) Ariza ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; (eng kam oylik ish haqining 20% miqdorida)

Arizangi 11 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi va kamchiliklar bo’lmasa, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma beriladi.

Lawyer 1

Shaxriyor


Siz notugri tushundiz noturar joyni turar jo`y qilish kerak degandim/

Lawyer 1

Hamidulla Ziyoyev

Huquqshunos

Bar ikkala holatda ham bir xil tartib amalga oshiriladi