Diqqat! Sayt test rejimida ishlayapti. Agar xato topsangiz, shu havolani bosing.
(99) 837-37-77 yoki Help Icon
Ro'yxatdan o'tish | Kirish

Tekin foydalanish shartnomasini tuzishda qanday xujjatlar kerak?

Men Toshkent shahrida qarindoshimnikida ijara tölamay kvartirada turaman. Bu yerga vaqtinchalik propiskaga qöyishim uchun tekin foydalanish shartnomasi kerak ekan. Unga qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Feb 2, 2018 вопрос №300 Zafar , г.


Kategoriya: Недвижимость 1

Ответы

Lawyer 1

Doniyor Sobirov

Huquqshunos

Uyga tekin foydalanish shartnomasi imzolash uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi:

- Uy egasining Pasporti;

- Uy egasining INN;

- Mahalladan ma'lumotnoma (kimlar yashashi haqida);

- Forma 17 (hovli bo'lsa domovoy) (shu xonadonda kimlar doimiy propiskada borligi haqida);

(agar tekin foydalanish shartnomasi tuzish kelishilayotgan uyda uy efasidan boshqa yana kimdir doimiy propiskada bo'lsa, voyaga yetgan barcha fuqarolarning ham shunday hujjatlari kerak bo'ladi va ular ham notariusga borib, rozilik ariza yozishlari kerak bo'ladi.)

 

Uydan vaqtincha tekinga foydalanayotgan fuqarolarning: 

- Pasportlari

- INN 

(voyaga yetmagan farzandlari bo'lsa, ularning tug'ilganlik haqida guvohnomalari.)

(agar oila bo'lsa, nikoh tuzilganlik haqida guvohnomasi ham kerak bo'ladi).